https://oz.sputniknews-uz.com/20220617/referendum-otkazish-tartibi-ozgardi-25387799.html
Referendum oʻtkazish tartibi oʻzgardi
Referendum oʻtkazish tartibi oʻzgardi
Markaziy saylov komissiyasiga yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish vakolati berildi. 17.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-17T09:28+0500
2022-06-17T09:28+0500
2022-06-17T09:30+0500
siyosat
referendum
yangi qonun
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/12/20947497_1:0:1999:1124_1920x0_80_0_0_bd12b4479c669e220cfe01144744a9f2.jpg
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Endilikda referendum oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolariga ayrim xarajatlar uchun kompensatsiya toʻlanadi. Prezident tomonidan imzolangan OʻRQ-779-sonli qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritildi.“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan ham kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egaligi belgilandi.Shuningdek, kuzatuvchilar harbiy qismlar, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasini kamida 3 kun oldin xabardor qilishi kerak.Quyidagilar referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas:Komissiya aʼzolariga referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasida koʻrsatilgan miqdorda kompensatsiya toʻlanadi. Ushbu toʻlov transport, ovqatlanish va boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida beriladi.Uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi ham belgilandi.Qonun bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov okrugining hududi boshqa maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazilganda yoki uning hududida yangi maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/12/20947497_251:0:1750:1124_1920x0_80_0_0_7f8e5e145ab97a560872757345dc12f2.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
referendum, yangi qonun
Referendum oʻtkazish tartibi oʻzgardi
09:28 17.06.2022 (yangilandi: 09:30 17.06.2022) Markaziy saylov komissiyasiga yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish vakolati berildi.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Endilikda referendum oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolariga ayrim xarajatlar uchun kompensatsiya toʻlanadi. Prezident tomonidan imzolangan OʻRQ-779-sonli qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartishlar
kiritildi. “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan ham kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egaligi belgilandi.
Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug komissiyalariga referendum oʻtkazilishiga kechi bilan 10 kun qolganida maʼlum qiladi. Bunday tartib ilgari 15 kunga teng edi.
Shuningdek, kuzatuvchilar harbiy qismlar, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasini kamida 3 kun oldin xabardor qilishi kerak.
Quyidagilar referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas:
Siyosiy partiyalarning aʼzolari;
Viloyat, tuman va shahar hokimlari;
Prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari;
fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar.
Komissiya aʼzolariga referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasida koʻrsatilgan miqdorda kompensatsiya toʻlanadi. Ushbu toʻlov transport, ovqatlanish va boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida beriladi.
Uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi ham belgilandi.
Qonun bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov okrugining hududi boshqa maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazilganda yoki uning hududida yangi maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi.