Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirmagan – Lavrov

© Sputnik / Russian Foreign Ministry / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov na press-konferentsii po itogam vstrechi s glavoy MID Ukrainы Dmitriyem Kuleboy v Antalye
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov na press-konferentsii po itogam vstrechi s glavoy MID Ukrainы Dmitriyem Kuleboy v Antalye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Lavrovning taʼkidlashicha, Kiyevning NATOga jinoiy aloqadorligini Gʻarbga koʻrsatishning boshqa yoʻli qolmagani uchun maxsus operatsiya eʼlon qilingan.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Rossiya Ukrainaga bostirib kirmagan, Kiyevning NATOga jinoiy aloqadorligini Gʻarbga koʻrsatishning boshqa yoʻli qolmagani uchun maxsus operatsiya eʼlon qilingan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov nayshanba kuni BBC’ga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Biz Ukrainaga bostirib kirganimiz yoʻq. Gʻarbga uning jinoiy faoliyat bilan shugʻullanayotgani, Ukrainani NATOga jalb qilayotgani, neonatsistlar tuzumini asrab-avaylashi, homiyligi va tarbiyasi haqida tushuntirishga imkonimiz qolmagani uchun maxsus harbiy operatsiya eʼlon qildik. Vladimir Zelenskiyning 2021 yilning sentyabrida “Agar kimdir Ukrainada oʻzini rus odamidek his qilsa, Rossiyaga ketsin” degandi”, - deydi Lavrov.

Vazirning taʼkidlashicha, Rossiyada “boshqa yoʻli qolmagan edi” va Moskva buni “koʻp, ming marta tushuntirgan”.
“Hozir Ukraina rejimi tinch aholiga, shaharlarga gʻarb qurollari bilan hujum qilmoqda” deya qoʻshimcha qildi u.
“Biz hech kimga hujum qilganimiz yoʻq. Ular Ukrainadagi ruslarga hujum qildi”, dedi Rossiya diplomatiyasi rahbari.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0