Siyosat

SHHTning Samarqand sammitida tarixiy qarorlar qabul qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi stran SHOS na Konferentsii "SHOS: ot Tsentralnoy Azii k Yevrazii"
Flagi stran SHOS na Konferentsii SHOS: ot Tsentralnoy Azii k Yevrazii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Samarqand sammitida yana 10ga yaqin davlatlar Shanxay hamkorligi tashkilotiga turli maqomlarda qoʻshilishi mumkin.
TOSHKENT, 17 iyun - Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitida tarixiy qarorlar qabul qilinadi. Bu haqda Toshkentda boʻlib oʻtgan “SHHT: Markaziy Osiyodan Yevroosiyogacha” konferentsiyasida MO xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov maʼlum qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“Ishonchim komilki, joriy yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan Samarqand sammitida, albatta, tarixiy qarorlar qabul qilinadi. Ular orasida SHHTga yangi toʻliq aʼzolarni, kuzatuvchilarni va muloqot boʻyicha hamkorlarini qabul qilish masalalari ham bor”, - dedi Nosirov.
Ekspertning fikricha, BMT, MDH, KXSHT, YEOII va boshqa qator tuzilmalar bilan oʻrnatilgan yaqin aloqalar SHHTning umumlashtirlgan kun tartibini ilgari surish uchun salmoqli salohiyat yaratadi.
Nosirovning taʼkidlashicha, Yevrosiyo qitʼasining chorrahasida joylashgan Markaziy Osiyo azaldan dunyoning "oʻzagi" deb atalgan. Uning soʻzlariga koʻra, aynan shu omil tashkilot xalqlarining tub manfaatlariga javob beradigan Shanxay hamkorlik tashkilotini yaratishda hal qiluvchi omil boʻldi.
Maʼlumot uchun, “SHHT: Markaziy Osiyodan Yevroosiyogacha” konferentsiyasi SHHT Xartiyasining 20 yilligiga bagʻishlangan.
Unda SHHTga aʼzo davlatlarning milliy koordinatorlari, tashkilot kotibiyati, Markaziy Osiyo, Rossiya, Eron, Hindiston va boshqa tahliliy tuzilmalarning yetakchi ekspertlari, Oʻzbekiston vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0