Dunyoda

Sholts, Makron va Dragi Kiyevga tashrif buyurishdi

© AP Photo / Ludovic MarinVizit Makrona, Sholtsa i Dragi v Kiyev.
Vizit Makrona, Sholtsa i Dragi v Kiyev. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yevropa davlatlari rahbarlari Ukrainaga imkon qadar tezroq YEIga kirish nomzodligini berish kerakligi taʼkidlashdi.
TOSHKENT, 17 iyun - Sputnik. Germaniya kantsleri Olaf Sholts, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Italiya bosh vaziri Mario Dragi Kiyevga tashrif buyurishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Die Welt nashriga asosan.
Uchrashuv chogʻida Yevropaning uchta yetakchi davlatlari rahbarlari Ukrainaga imkon qadar tezroq YEIga kirish nomzodligini berish kerakligi taʼkidlandi.
“Biz barchamiz Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomining zudlik bilan berilishini qoʻllab-quvvatlaymiz”, dedi Makron Kiyevdagi muzokaralardan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida.
Muzokaralar yopiq eshiklar ortida boʻlib oʻtgani sababli, YEI rahbarlari nega bunchalik shoshilayotganini va buning evaziga Ukraina ularga nima berishi kerakligi aniq maʼlum boʻlmadi.
“Buning evaziga davlat va hukumat rahbarlari “yopiq eshiklar ortida” katta ehtimol bilan Zelenskiyni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara stoliga oʻtirishga koʻndirgan”, — deya gazetaning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.
Maʼlumki, bu Yevropa davlatlarining inqiroz oqibatlari tufayli koʻrgan iqtisodiy zarari kuchayib, uning oʻrnini qoplash qiyinroq boʻlib bormoqda.
“Iqtisodiy oʻsish sekinlashdi, inflyatsiya rekord darajaga yetdi”, deb yozadi Diye Velt.
Nashr, shuningdek, Yevropa yetakchilari Kiyevga shaxsiy rejalari bilan kelgan, deb hisoblaydi. Xullas, gazetaning yozishicha, soʻnggi bir necha hafta ichida "pragmatist"ga aylangan, inqirozning yakunlanishi, uning iqtisodiy oqibatlarini hisobga olgan holda, Ukraina yaxlitligidan koʻra koʻproq qaygʻurgan Makron “oʻz pozitsiyasiga oydinlik kiritmoqchi”.
Italiya Bosh vaziri Dragi ham Kiyevga tashrifi bilan Rimning YEIdagi asosiy ishtirokchilardan biri maqomini koʻrsatishga harakat qildi. Undan tashqari u Odessa portlarida tiqilib qolgan 20 million tonna don mahsulotlari taqdiri bilan qiziqdi.
"Ammo, Makron kabi, Dragi uchun ham inqirozning imkon qadar tezroq tugashi muhim. Italiyadagi vaziyat borgan sari noxush tus olmoqda: agar mojarolar tufayli iqtisodiyotning unumdorligi tiklanmasa, iqtisodiyot barqarorligi. mamlakat xavf ostida boʻladi", deb xulosa qilishadi ular nashrda.
Aytish joizki Yevropa yetakchilarining Kiyevga tashrifi Yevropa Ittifoqi sammitidan oʻn kun oldin boʻlib oʻtdi. Sammitda Ukrainaga nomzod davlat maqomi berilishi rasman eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Yana bir qiziq tomoni Makron, Sholts va Dragi Kiyevga tungi poyezdinng zirhlangan vagonida yetib kelishgan. Ularni Zelenskiy harbiy kiyimda kutib oldi.
Yangiliklar lentasi
0