https://oz.sputniknews-uz.com/20220617/viloyatlarda-tez-tibbiy-yordam-boyicha-yagona-call-markazlar-ish-boshlaydi-25388280.html
Viloyatlarda tez tibbiy yordam boʻyicha yagona “Call-markaz”lar ish boshlaydi
Viloyatlarda tez tibbiy yordam boʻyicha yagona “Call-markaz”lar ish boshlaydi
Endilikda tez yordam brigadalari hudud chegarasiga qarab emas, balki bemorgacha masofaning yaqinligiga koʻra yoʻnaltiriladi 17.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-17T09:48+0500
2022-06-17T09:48+0500
2022-06-17T09:48+0500
jamiyat
yangi qaror
sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/15/22864431_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_4c5be35dc1a2f3fe3435682f65c10465.jpg
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Toshkent tajribasi asosida Respublika tez tibbiy yordam markazi hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda 16 iyun kuni prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga muvofiq, 14 ta hududdagi dispetcherlik xizmatlari tugatildi.Endilikda, 1 dekabrga qadar Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023 yil 1 sentyabrga qadar esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)larida “Call-markaz”lar oʻz faoliyatini boshlaydi.“Call-markaz”larda:Tez tibbiy yordam brigadalari planshetlar bilan taʼminlanadi.Markaz xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabi tashkil etiladi.Qaror bilan, SSV huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasiga 85 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻ yoʻnaltiriladi.Qolaversa, Jahon banki shoshilinch xizmatlarni rivojlantirish loyihasi doirasida tez va shoshilinch tibbiy yordamni raqamlashtirish tadbirlariga 5 mln dollari miqdoridagi mablagʻlar ajratiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/15/22864431_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_65cdd21d2f5e983f7b0d601c853c53ce.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangi qaror, sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv)
Viloyatlarda tez tibbiy yordam boʻyicha yagona “Call-markaz”lar ish boshlaydi
Endilikda tez yordam brigadalari hudud chegarasiga qarab emas, balki bemorgacha masofaning yaqinligiga koʻra yoʻnaltiriladi
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Toshkent tajribasi asosida Respublika tez tibbiy yordam markazi hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda 16 iyun kuni prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda
tutilgan. Hujjatga muvofiq, 14 ta hududdagi dispetcherlik xizmatlari tugatildi.
Endilikda, 1 dekabrga qadar Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023 yil 1 sentyabrga qadar esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)larida “Call-markaz”lar oʻz faoliyatini boshlaydi.
“Call-markaz”larda:
chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etiladi;
rahbar lavozimlariga IT-parklardagi iqtidorli yoshlar orasidan munosib nomzodlar tayinlanadi;
saralash orqali bemor ahvoli, kasallik turi va ogʻirlik darajasiga qarab chaqiruvlarga tegishli tibbiy brigadalarni yoʻnaltirish tizimi joriy etiladi;
tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qatʼi nazar bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigadani yoʻnaltirish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar oʻrnatiladi.
Tez tibbiy yordam brigadalari planshetlar bilan taʼminlanadi.
Markaz xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabi tashkil etiladi.
Qaror bilan, SSV huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasiga 85 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Qolaversa, Jahon banki shoshilinch xizmatlarni rivojlantirish loyihasi doirasida tez va shoshilinch tibbiy yordamni raqamlashtirish tadbirlariga 5 mln dollari miqdoridagi mablagʻlar ajratiladi.