Video

Yurakka yaqin. Kardioxirurg bilan suhbat - video

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kardiojarroh Rustam Yarbekov mashhur Leo Bokeriyaning shogirdi, Oʻzbekistonda kardioxirurgiya qanday rivojlanayotgani haqida Sputnikka hikoya qilib berdi.
Rustam Yarbekov A. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy jarrohlik markazining Kardiojarrohlik boʻlimi rahbari
Doktor Yarbekov Moskvada tajriba orttirib Oʻzbekistonga qaytganidan soʻng yurakda oʻta murakkab operatsiyalar oʻtkazib kelmoqda.
Kelajakda kardioxirurgiyada eng yuqori malaka talab qiluvchi – yurakni koʻchirib oʻtkazish yoki sunʼiy yurak oʻrnatish operatsiyasini amalga oshirishni orzu qilmoqda.
“Bu har bir kardiojarrohning orzusi. Bu sizning jamoaning oliy darajadagi malakaga ega ekanidan dalolat beradi”, - deydi Yarbekov.
Yurak xastaligiga uchragan odamlarga shifokor quyidagi maslahatni berdi.
“Men yoshi katta kishilar va ayniqsa yuragi kasallarga murojaat qilmoqchiman. Bizda yozda faslida yuragi xasta odamlar orasida oʻlim holati juda koʻp uchraydi. Sabab – ular keragidan ortiq miqdorda suyuqlik ichishadi. Birov infarktga uchragan kimningdir klapani shikastlangan. Koʻp miqdordagi suyuqlik isteʼmol qilish aylanayotgan qon miqdorini oshiradi. Terlash – ortiqcha suyuqlikning barchasini chiqara olmaydi. 30-40% organizmda qoladi. Bu yurak uchun katta bosim. Suyuqlik miqdorini nazorat qilish kerak. Keragidan ortiq suv ichmaslik kerak”.
Yangiliklar lentasi
0