https://oz.sputniknews-uz.com/20220618/haj-2022-birinchi-guruh-ziyoratchilar-madinaga-jonab-ketishdi-25429017.html
Haj 2022: birinchi guruh ziyoratchilar Madinaga joʻnab ketishdi
Haj 2022: birinchi guruh ziyoratchilar Madinaga joʻnab ketishdi
Uzbekistan Airways "Haj-2022" doirasida 18 iyundan 30 iyungacha Oʻzbekistonning yettita shahridan Madinaga jami 45 ta parvoz amalga oshiradi. 18.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-18T14:57+0500
2022-06-18T14:57+0500
2022-06-18T15:04+0500
jamiyat
makka
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/12/25424583_160:145:1157:706_1920x0_80_0_0_78f5ac4be409efc35dc470fc7de4f5e7.jpg
TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. 2022 yilgi Haj ziyoratini ado etish uchun ilk ziyoratchilar guruhi Toshkentdan Madinaga joʻnab ketishdi. Haj-2022 mavsumida Uzbekistan Airways 18 iyundan 30 iyungacha Oʻzbekistonning yettita shahridan Madinaga jami 45 ta parvoz amalga oshiradi va 10 900 nafar yoʻlovchilarni manzilga eltadi. Bu yil eng koʻp ziyoratchilar Namangandan boʻladi – jami 16 ta parvoz bilan 3916 nafar yoʻlovchi Haj ziyoratini ado etishadi. Toshkentdan 15 reysda 3587 nafar yoʻlovchi uchishi kutilmoqda. Qarshidan 5ta, Samarqanddan 3ta, Buxorodan 3 ta, Urganchdan 2ta, Nukusdan bitta reys Saudiya Arabistoniga uchishi kutilmoqda.Uzbekistan Airports xabariga koʻra, Hajga boradiganlar uchun aeroportlarida qoʻshimcha qulayliklar yaratilgan. Toshkent aeroportida mazkur reyslar yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatish uchun "B" zonasida ikkita kutish zallari taʼmirdan oʻtkazildi va ishga tushirildi, bu yerda yetarli miqdorda oʻrindiqlar oʻrnatilib, ziyoratchilarga kutish davomida ichimliklar va gazaklar taklif etiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/12/25424583_200:122:1175:853_1920x0_80_0_0_128e9d6495ae5f68fe74110498cb2260.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
makka
Haj 2022: birinchi guruh ziyoratchilar Madinaga joʻnab ketishdi
14:57 18.06.2022 (yangilandi: 15:04 18.06.2022) Uzbekistan Airways "Haj-2022" doirasida 18 iyundan 30 iyungacha Oʻzbekistonning yettita shahridan Madinaga jami 45 ta parvoz amalga oshiradi.
TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. 2022 yilgi Haj ziyoratini ado etish uchun ilk ziyoratchilar guruhi Toshkentdan Madinaga joʻnab ketishdi.
Uzbekistan Airways 17 iyundan 18 iyunga oʻtar kechasi soat 01:10, 02:50, 04:10da bortida 245 nafar yoʻlovchilar boʻlgan parvozlar Toshkentdan Madinaga joʻnab ketdi, soat 16:10da yana bir parvoz amalga oshiriladi.
Haj-2022 mavsumida Uzbekistan Airways 18 iyundan 30 iyungacha Oʻzbekistonning yettita shahridan Madinaga jami 45 ta parvoz amalga oshiradi va 10 900 nafar yoʻlovchilarni manzilga eltadi.
Bu yil eng koʻp ziyoratchilar Namangandan boʻladi – jami 16 ta parvoz bilan 3916 nafar yoʻlovchi Haj ziyoratini ado etishadi. Toshkentdan 15 reysda 3587 nafar yoʻlovchi uchishi kutilmoqda. Qarshidan 5ta, Samarqanddan 3ta, Buxorodan 3 ta, Urganchdan 2ta, Nukusdan bitta reys Saudiya Arabistoniga uchishi kutilmoqda.
Uzbekistan Airports xabariga koʻra, Hajga boradiganlar uchun aeroportlarida qoʻshimcha qulayliklar yaratilgan. Toshkent aeroportida mazkur reyslar yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatish uchun "B" zonasida ikkita kutish zallari taʼmirdan oʻtkazildi va ishga tushirildi, bu yerda yetarli miqdorda oʻrindiqlar oʻrnatilib, ziyoratchilarga kutish davomida ichimliklar va gazaklar taklif etiladi.