Konstitutsiyaga qanday o‘zgarishlar taklif qilinmoqda?

© SputnikKonstitutsiya i drugie kodeksi respubliki Uzbekistan
Konstitutsiya i drugie kodeksi respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2022
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Konstitutsiyaga kiritish uchun 36 mingdan ortiq taklif kelib tushdi. Maxsus tashkil qilingan tahliliy guruhlar ularni saralab, umumlashtirmoqda.
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Bugun Konstitutsiyaviy komissiya o‘zining bir oylik faoliyati yuzasidan Oliy Majlis oldida hisobot berdi.
Unda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan davrda: Yig‘ma axborot-tahlil guruhi va ularning qoshida alohida Analitik guruh (30 kishi) tashkil etilgan. Undan tashqari Takliflar bilan ishlash guruhi (21 kishi) ta’sis etilgan.
Majlisda, Yig‘ma axborot-tahlil guruhi rahbari Mirafzal Mirakulov, hozirga qadar kelib tushgan takliflarning umumlashtirilgan mazmuni ham aytib o‘tdi:
Davlat xizmatchilari uchun teng huquqlilik, shaxsga oid ma’lumotlar himoyasi, mehnat qilish va dam olish vaqtini aniq belgilash;
Har kimning Internet jahon axborot tarmog‘iga kirish va undan erkin foydalanish huquqini mustahkamlash;
Davlat tomonidan barcha diniy tashkilotlar erkinligini ta’minlash. Davlatning diniy konfessiyalar tinch-totuv yashashini kafolatlashini belgilash;
"Internetdan foydalanish erkinligi masalasining Konstitutsiyada yozib qo‘yilishi juda ko‘p fuqarolar tomonidan taklif etilayapti. Axborot almashish va tarqatish tezligi, umuman, siyosiy hayotda Internet degan bir reallik, resurs paydo bo‘ldi.
Nafaqat davlatlararo munosabatlarda, balki fuqarolarning axborot olish erkinligini ta’minlashda jiddiy bir instrument sifatida Konstitutsiyada ko‘rsatilishi juda jiddiy o‘zgarish deb e’tirof etilayapti", deb izoh bildirdi "Milliy tiklanish" DP fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov.
"61-moddada davlat diniy birlashmalar faoliyatiga aralashmasligi, din davlatdan ajratilgani to‘g‘risida yaxshi norma berilgan.
Hozirgi kunda yana 2 ta yaxshi norma kiritilayapti. Ya’ni: barcha diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligini davlat kafolatlashi, davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashining kafili bo‘lishi. Bu O‘zbekiston uchun juda to‘g‘ri va muhim", - deydi Adolat partiyasi rahbari Nariman Umarov.
Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaga kiritish uchun takliflarni "Bu mening Konstitutsiyam" platformasida yozib qoldirish mumkin. U yerda bugungi kunda 36 mingdan ortiq taklif bildirilgan.
"Takliflar bo‘yicha eng faol hudud - Toshkent shahri (7 ming taklif), Qoraqalpog‘iston Respublikasidan - 2 mingdan ortiq, Farg‘ona, Qashqadaryo, Jizzax va Andijon viloyatlarida - 3 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Salkam 4 ming anonim taklif ham kelgan. Ularning orasida ham diqqatga sazovor takliflar bo‘lsa, e’tiborga olishga harakat qildik", - dedi Konstitutsiyaviy komissi raisi Akmal Saidov.
Yangiliklar lentasi
0