Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: Rossiya Mudofaa vazirligining bayonoti

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishRossiyskiye voyska v rayone goroda Izyum
Rossiyskiye voyska v rayone goroda Izyum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya harbiylari yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari yordamida AQSH tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan M777 155 mm gaubitsalarining toʻrtta vzvodini yoʻq qildi.
TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-leytenant Igor Koneshenkov Qurolli kuchlar tomonidan oʻtgan sutka davomida amalga oshirilgan ishlar haqida bayonot berdi.
Rossiya Qurolli kuchlari oʻtgan sutka davomida:
Kremenchug va Lisichansk viloyatlarida yuqori aniqlikda zarba beruvchi qurollar yordamida neftni qayta ishlash korxonalari va Ukraina harbiy texnikasining yoqilgʻi saqlash omborlarni yoʻq qildi;
AQSH tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan M777 155 mm gaubitsalarining toʻrtta vzvodiga yuqori aniqlikdagi raketalar bilan zarba berildi;
Rossiya aviatsiyasi 160 dan ortiq millatchilarni, uchta oʻq-dorilar omborini, oltita "Grad" reaktiv tizimlarini yoʻq qildi;
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning Su-25 samolyotini va va Mi-24 vertolyotini urib tushirdi;
Xerson yaqinida bir dona Bayraktar-TB2 uchuvchisiz uchish apparati urib tushirildi;
Ukraina qoʻshinlari toʻplangan 180 ta hudud artilleriyadan oʻqqa tutildi, 310 dan ortiq millatchi yoʻq qilindi;
Umumiy hisobda maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon 206 ta samolyot, 132 ta vertolyot, 1241 ta uchuvchisiz apparat, 343 ta zenit-raketa tizimi, 3613 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 547 ta raketa tizimi, 2032 ta dala artilleriya qurollari va minomyotlar, 3687 dona maxsus harbiy texnika yoʻq qilingan.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0