Kolumnistlar

Neft. Inflyatsiya. Valyuta. Sankt-Peterburgdagi forumda nimalarga kelishib olindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPodgotovka k otkrыtiyu Peterburgskogo ekonomicheskogo foruma
Podgotovka k otkrыtiyu Peterburgskogo ekonomicheskogo foruma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
PMEFning “Yangi dunyo – yangi imkoniyatlar” shiorining maʼnosi, Ukraina mojarosidan soʻng dunyoda yangi iqtisodiy tizim paydo boʻlishini, bunga oʻz nigohini Sharqqa qaratgan Rossiya va boshqa davlatlar ham tayyor boʻlishini kerakligini anglatadi.
XXV Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumi maydonlarida muhokamalar qizgʻin davom etmoqda. Kun tartibida- tez oʻsib borayotgan global inflyatsiya, neftga qoʻllangan embargo, valyuta bozoridagi oʻzgaruvchanlik. Rossiyani yangi voqeliklarda nimalar kutmoqda?

“Oʻxshamadi, ish bermadi”

Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forumning (PMEF) asosiy mavzusi- “Yangi dunyo – yangi imkoniyatlar” edi. Bu bilan Rossiya oʻz nazarini Gʻarbdan Sharqqa qaratayotganini. Sobiq hamkorlar oʻrniga yangilarini topayotganini maʼlum qildi
Forumning yalpi majlisida Vladimir Putin sanktsiyalar fonida Rossiya oldida yangi istiqbollar ochildi dedi. Uning soʻzlariga koʻra, mamlakat hech qachon oʻzini yakkalash yoʻlidan bormaydi. “Bundan tashqari, biz bundan manfaatdor boʻlgan, biz bilan ishlashni xohlayotganlar bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etamiz. Ular koʻp, sanab oʻtishga ehtiyoj yoʻq. Bu yer yuzidagi odamlarning katta qismi”, - deydi prezident. Gʻarb yurtimiz iqtisodiyotini sindira olmadi. “Oʻxshamadi. Ish bermadi. Shubhasiz, bu ish bermadi, sodir boʻlmadi”, - deydi prezident.
Rossiya qisqa vaqt ichida har bir mahsulotni oʻzi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi kerak deydi Vladimir Putin. Biroq, hozircha mamlakatning tarkibiy mahsulotlar boʻyicha muammolarni boshdan kechiryapti, deydi u. Ustiga-ustak, bir qator texnologik yechimlar endi mamlakatimiz kompaniyalari uchun ish bermaydi, logistika buzildi.
Endi oldingidek boʻlmasligi haqida Rossiya Banki rahbari Elvira Nabiullina ham bayon qildi. “Tashqi sharoitlar agar butunlay boʻlmasa ham uzoq vaqtga chindan oʻzgargan”- , deydi u forumdagi nutqida. Bunga moslashish qanchalik tez boʻlsa, shuncha yaxshi.
Biroq, sabrdan zaxira toʻplashga toʻgʻri keladi. Logistika, infratuzilma, toʻlovlar zanjirini qayta qurish qiyin, deya ogohlantiradi Sberbank direktori German Gref va qoʻshimcha qiladi: “2030 yil- iqtisodiy stsenariylarni qurish uchun eng oqilona yagona ufq”.

“Hozircha bu shunchaki orzu”

Forumda Rossiyaga qarshi sanktsiyalar fonida butun dunyoda keskin oshib borayotgan narxlarga alohida eʼtibor qaratildi. Qayta tiklanadigan energiya manbaalariga koʻr-koʻrona ishonish gaz sotishning “spot” tizimiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi (yaʼni, birjada gazning narxi keskin oshdi), dedi Vladimir Putin.
Rossiya esa aksincha, inflyatsiya oʻsishini bostirdi. Yillik hisobda u 16,69%gacha sekinlashdi. Ammo bu ham koʻplik qiladi, deydi u. “Hali intilsa boʻladigan maqsadlar koʻp. Toʻrt foizlik target saqlanib qolmoqda”, deya taʼkidlaydi davlat rahbari.
Forumning yana boshqa asosiy mavzusi- rubl kursi. Aksariyat amaldorlar va bankirlar milliy valyuta haddan tashqari mustahkamlangangan deb oʻylaydi. “Mart oyida MB sanktsiyalar fonida tezkor choralar qoʻlladi- asosiy stavkani rekord darajagacha koʻtardi, valyuta borasida cheklovlar kiritdi. Vahimani tez bostirdik, rublning zaiflashishini toʻxtatib inflyatsiyani sekinlashtirdik. Mamlakatimizning moliyaviy tizimi izdan chiqishiga yoʻl qoʻymadik”,- deydi Mark Goyxman, TeleTrade axborot-tahliliy markazi yetakchi iqtisodchisi.
Biroq, importning keskin qisqarishi tufayli dollar va yevro qiymatini ancha yoʻqotdi. Aprel-may oylarida eksport miqdori fevral oyiga nisbatan kamaydi. Natijada byudjet endi qiynalmoqda, chunki asosiy daromad xorijga yetkazib beradigan mahsulot soliqlardan iborat edi. Birinchi navbatda - neftdan. Eksportchilarning daromadlari qanchalik kam boʻlsa, gʻaznadagi mablagʻ ham shunchalik kam boʻladi. Iqtisodiyot va ishlab chiqarish qisqarayotgani sababli bu mablagʻlar juda zarur”, - deya davom etadi iqtisodchi.
Shuning uchun MB asosiy stavkani muntazam pasaytirib kelmoqda. Biroq, u valyuta olib-sotishdagi cheklovlarni butunlay olib tashlashni rejalashtirayotgani yoʻq. Sanktsiyalar sharoitida bu mumkin emas, deydi Elvira Nabiullina.
Ayni paytda milliy valyuta pozitsiyani berib qoʻyishga shoshayotgani yoʻq va mustahkamlanishda davom etmoqda.
Mamlakat iqtisodiyoti uchun eng oqilona kurs – bir dollarga 70-80 rubl, dedi Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov forumda. Biroq, uning soʻzlariga koʻra, “bu hozircha shunchaki orzu”.
Biroz devalvatsiya mamlakat sanoatiga qoʻl keladi. Masalan, metallurglarga “nol nuqta” – bir dollar uchun 70 rubl. Minimal samaradorlik bilan eksportga qoʻyish mumkin. Pastrogʻi esa- zarar, deydi Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov.
Biroq MB davlat aralashuviga qarshi. “Aynan bozor narxlari talab va takliflarni muvozanatlashtiradi”, - deb taʼkidlaydi Rossiya Banki rahbarining birinchi oʻrinbosari Vladimir Chistyuxin.
Sharqqa ketyapmiz
Ayni paytda esa Rossiya allaqachon “sharqqa quvur” stsenariysini ishlab chiqarishni boshlagan. Masalan, neft eksportining 73%ni sanktsiyalar qoʻllamagan davlatlarga yoʻnaltirishga muvaffaq boʻldi. “Xayriyat, bugun biz ilgari amalga oshirilgan qarorni qabul qildik: SHSTO (Sharqiy Sibir- Tinch okeani) bizga 80 million tonna yetkazib berish, jumladan, Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlarini taʼminlashni kafolatlaydi. Bizda port sigʻimlari yetarli, boʻshlari ham bor, ularni koʻpaytirish boʻyicha rejalar ham bor”, - taʼkidlaydi bosh vazir oʻrinbosari Aleksandr Novak.
Uning aytishicha, Rossiya qora oltinni yetkazib berish uchun toʻlovni rublga oʻtkazishni rejalashtirmayapti. “Bizda neft sanoatida eksport qiluvchilar koʻp. Bu yerda bozor yetarlicha liberallashgan, shuning uchun ham u yerda bu mexanizmni amalga oshirish ancha qiyin.U yerda barcha eskportyorlar amal qilayotgan mexanizmlar bor: majburiy mahsulotlari valyuta tushumlarining bir qismini sotish”, - deb tushuntiradi u.
Ayni paytda Rossiya neftiga talab katta. Xomashyo olmoqchi boʻlganlarning uzun navbati paydo boʻlgan. Hozir u Osiyoga bir barreli 30-35 dollardan sotilayotganiga qaramay, narx foydaliligicha qolmoqda.
Sharq istiqbolli bozor, deydi tahlilchilar. “Ammo, yirik investitsiyalar, juda katta xarajatlar va logistika jarayonini qayta koʻrib chiqish talab etiladi. Inflyatsiyani kengaytirish uchun bir necha yil kerak boʻlishi mumkin”, - deydi Neft va gaz texnologiyalari institutining “Sanoat” yoʻnalishi rahbari Olga Orlova.
Bundan tashqari, Osiyo- Tinch okeani mintaqasi mamlakatlariga tankerlarda xomashyo tashish imkoniyatlarini oshirish zarur.
Lekin, amaliyot shuni koʻrsatadiki, talab taklifni yaratadi. Bundan tashqari, Rossiya neft qazib olish hajmini bosqichma-bosqich tiklamoqda. U allaqachon fevraldagi darajasiga yetgan, deydi Aleksandr Novak.
Uning fikricha, jahon neft bozoridagi vaziyat neft narxining yanada oshishiga yordam beradi. Demak,bu Rossiya byudjetiga pul oqib kelishini anglatadi.
Yangiliklar lentasi
0