TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. Ukrainalik terrorchilar Xerson qamoqxonasi rahbari Yevgeniy Sobolevga suiqasd uyushtirishdi Bu haqda oʻz manbalariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda. Xerson 90-sonli axloq tuzatish koloniyasi boshligʻining mashinasi portlatilgan. Hozir Sobolev jarohatlar bilan kasalxonada. Uning hayoti xavf ostida emasligi aytilmoqda. Boshqa qurbonlar haqida maʼlumot yoʻq. Terrorchilar oʻz ijtimoiy tarmoqlarida Sobolevning yoʻq qilingani haqida axborot tarqatishga ham ulgurishgan. Maʼlumot uchun, "Azovstal" va boshqa jang boʻlayotgan hududlarda taslim boʻlgan va qoʻlga olingan millatchilar va Ukraina harbiylari Donetsk Xalq Respublikasi hududida joylashgan qamoqxonalarda saqlanmoqda.
Terrorchilar qamoqxona boshligʻining avtomobiliga portlovchi moslama yordamida hujum uyushtirishdi.
TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. Ukrainalik terrorchilar Xerson qamoqxonasi rahbari Yevgeniy Sobolevga suiqasd uyushtirishdi Bu haqda oʻz manbalariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xerson 90-sonli axloq tuzatish koloniyasi boshligʻining mashinasi portlatilgan. Hozir Sobolev jarohatlar bilan kasalxonada. Uning hayoti xavf ostida emasligi aytilmoqda. Boshqa qurbonlar haqida maʼlumot yoʻq.
Terrorchilar oʻz ijtimoiy tarmoqlarida Sobolevning yoʻq qilingani haqida axborot tarqatishga ham ulgurishgan.
Maʼlumot uchun, "Azovstal" va boshqa jang boʻlayotgan hududlarda taslim boʻlgan va qoʻlga olingan millatchilar va Ukraina harbiylari Donetsk Xalq Respublikasi hududida joylashgan qamoqxonalarda saqlanmoqda.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.