Iqtisod

Abdurahmonov Tatariston rahbari bilan Sankt-Peterburgda uchrashuv oʻtkazdi

© Press-slujba Ministerstva innovatsionnogo razvitiyaVstrecha ministra innovatsionnogo razvitiya Uzbekistana Ibroxima Abduraxmonova s prezidentom Tatarstana Rustamom Minnixanovыm na polyax PMEF-2022.
Vstrecha ministra innovatsionnogo razvitiya Uzbekistana Ibroxima Abduraxmonova s prezidentom Tatarstana Rustamom Minnixanovыm na polyax PMEF-2022. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston innovatsion rivojlanish vaziri va Tatariston rahbari Sankt-Peterburgda uchrashuv oʻtkazdi.
TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston innovatsion rivojlanish vaziri va Tatariston rahbari Sankt-Peterburgda uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar Peterburg iqtisodiy forum doirasida boʻlib oʻtdi.

Ikki mamlakat oʻrtasida yaxshi surʼatlar kuzatilmoqda. Milliy yetakchingiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlik aloqalarimizni rivojlantirishga juda faol hissa qoʻshmoqda, — dedi Minnixonov.

Shuningdek, Oʻzbekistonda iqtidorli yoshlar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi. – Oʻzbekiston prezidentining bevosita rahbarligida mamlakatimiz ilm-fanida tub islohotlar amalga oshirilmoqda, – dedi I.Abdurahmonov. – Ayni paytda mamlakatimiz ilm-fanining salohiyatidan toʻliq foydalanish va zamonaviy texnologiyalar, jumladan, ilmiy ishlanmalarni transfer va tijoratlashtirish orqali jahon bozoriga chiqishni taʼminlash asosiy vazifalarimizdan.
Ibrohim Abdurahmonov va Rustam Minnixonov Oʻzbekiston va Rossiya mintaqasi oʻrtasidagi qoʻshma loyihalarni muhokama qildi, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab oldi.
Yangiliklar lentasi
0