Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Aydar”* bataloni qoʻmondoni va bir qancha ukrainalik jangarilar taslim boʻldi

© AP Photo / Rodrigo AbdUkrainskiye voyennoslujaщiye. Arxivnoye foto
Ukrainskiye voyennoslujaщiye. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Aydar”* ukrain millatchi bataloni qoʻmondonlardan biri Severodonetsk yaqinidagi Metelkino qishlogʻi ozod etilishi jarayonida qoʻlga olindi.
“Aydar”* ukrain millatchi bataloni qoʻmondonlardan biri Severodonetsk yaqinidagi Metelkino qishlogʻiozod etilishi jarayonida qoʻlga olindi, deb xabar berdi RIA Novostiga huquq-tartibot idoralaridagi manba.
"Metelkinoni “zachistka” vaqtida bir qancha ukrainalik jangarilar taslim boʻldi, jumladan, Aydar* bataloni komandirlaridan biri. Hozir uning qanchalik yuqori martabali ekani aniqlanmoqda", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Bundan tashqari, qoʻshni Severodonetsk Rubejnoye shahridan asirga tushgan ikki nafar ukrainalik harbiy Luganskga yuborildi.
Severodonetsk atrofidagi vaziyatga kelsak, hozir “Metelkinoga tutash Sirotino qishlogʻi uchun janglar ketmoqda”, dedi manba. Uning soʻzlariga koʻra, shanba kuni bu qishloqdagi jangarilar pozitsiyalariga Rossiya raketalari "kelib keldi” va bu LXR kuchlariga hujumni rivojlantirishga imkon berdi.
Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Axmat” maxsus boʻlinmalari LXR xalq militsiyasining ikkinchi korpusi bilan birgalikda Metelkino qishlogʻini ozod qilganini maʼlum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, qishloq uchun olib borilgan janglarda Ukraina tomoni oʻtgan haftada oʻzining 600 dan 700 tagacha jangchisini yoʻqotgan.
Severodonetskni ozod qilish paytida Rossiya armiyasi va LXRning ittifoqchi qoʻshinlari “Azot” zavodi hududida ukrain millatchi batalonlari jangarilarini qamalga oldi. May oyining boshidan beri shahar uchun janglar davom etmoqda.
* ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan va Rossiya hududida taqiqlangan
Yangiliklar lentasi
0