Bayden velosipeddan yiqilib tushdi - video

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishSammit G20 v Rime
Sammit G20 v Rime - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2022
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Bayden velosipeddan yiqilib tushdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden sayr vaqtida velosipeddan yiqilib tushdi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati. RIA Novosti.
Jurnalistlar tarqatgan videoda AQSh rahbari bir guruh odamlar bilan velosipedda ketayotgani, yaqin atrofda turgan jurnalistlar uni chalg‘itib, savollar beriyotgani aks etgan.
Bayden ularga yaqinlashib, velosiped bilan birga yon tomonga yiqilib tushadi.
AQSh prezidenti o‘zini yaxshi his qilayotgani va yiqilishdan jarohat olmagani ma’lum qildi.
Keyinroq Oq uy vakili Bayden tibbiy yordamga muhtoj emasligini aytdi.
"Prezident aytganidek, velosipeddan tushayotganda oyog‘i pedalga tegib ketdi, unda hammasi joyida. Tibbiy yordam talab qilinmaydi. Prezident kunning qolgan qismini oilasi bilan o‘tkazishni intiqlik bilan kutmoqda", — deyilgan xabarda.
Keyinchalik Jo Bayden cherkov ostonasida bir necha marta sakrab, jurnalistlar oldida hammasi joyida ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0