Jamiyat

Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol boʻlib, yomgʻir yogʻishidan ogohlantirdi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovDojd
Dojd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent shahrida kuchli shamol boʻlishi va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Toshkent shahrida 19 iyun kuni kuchli shamol boʻlishi va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan shahar hokimligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, hokimlik aholidan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qoʻymaslikni soʻragan.
"Noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yogʻingarchiliklar bilan bogʻliq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bogʻlanishingiz mumkin", — deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0