Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishBolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii
Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2022
Obuna bo‘lish
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti va my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Bugundan yangi o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Ular pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.
Hozircha abituriyentlarga yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni kiritish imkoni yaratildi. Ular OTMni kvotalar tillar kesimida tasdiqlangandan so‘nggina tanlay oladilar.
“Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022-2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi.
Abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari umumiy kvotasi 121 395 nafar etib belgilangan. Abituriyent kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shaklini tanlashiga ham ruxsat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0