Jamiyat

Oʻzbekiston fermerlari sariq rangli tarvuz yetishtirmoqda

© Qishloq xoʻjaligi vazirligiOʻzbekiston fermerlari sariq rangli tarvuz yetishtirmoqda
Oʻzbekiston fermerlari sariq rangli tarvuz yetishtirmoqda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sariq rangli tarvuz turi yangi, noyob va hududlarda kam yetishtiriladi. Shu sababli uning narxi oddiy tarvuzlarga qaraganda biroz yuqoriroq.
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston fermerlari tomonidan yetishtirilayotgan sariq tarvuz ichki bozor va eksportga chiqarilmoqda. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi fermer xoʻjaligida urugʻi Janubiy Koreyadan keltirilgan Riamo navli sariq tarvuz yetishtirilmoqda.
Xoʻjalikning umumiy ekin maydoni 86 gektar boʻlib, shundan uch yarim gektarida ikki yildan beri sariq va qizil tarvuz hosili olinadi.
“Sariq rangli tarvuz turi yangi, noyob va hududlarda kam yetishtiriladi. Shuning uchun ham uning narxi oddiy tarvuzlarga qaraganda biroz yuqoriroq”, deyiladi xabarda.
Butun dunyo boʻyicha sariq tarvuz narxlari qizilga qaraganda biroz yuqoriroq boʻlishi kuzatilmoqda.
Taʼkidlanishicha, sariq bilan qizil tarvuzning orasidagi asosiy va eng katta farq ichidagi massasining rangida. Sariq tarvuzning urugʻlari kamroq yoki umuman boʻlmaydi. Taʼmi mango, limon va ananasga oʻxshab ketadi. Sariq tarvuz navlari qizilga qaraganda sal oldinroq pishadi.
Maʼlumot uchun, sariq tarvuz tarkibida A, B1, B2, B5, B6, B9, E, C, PP vitaminlar bor. U shuningdek, kaltsiy, kaliy, magniy, temir, natriy, fosfor moddalariga serob. U immun tizimiga ijobiy taʼsir qiladi, turli infektsiya, viruslarga qarshi kurashishda yordam beradi. Eng muhimi, sariq tarvuz parhezda boʻlgan, allergiyasi bor odamlar uchun foydali. Chunki unda qand moddasi va kaloriya kam.
Yangiliklar lentasi
0