https://sputniknews-uz.com/20220620/patrul-post-xizmati-saf-bolinmalari-tarkibida-otliq-otryadlar-tashkil-etiladi-25464495.html
Patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi
Patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi
Oʻzbekistonda patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 15 iyun kuni qabul qilingan qarorda keltirilgan.
2022-06-20T13:13+0500
2022-06-20T13:13+0500
2022-06-20T13:13+0500
jamiyat
yangi qaror
iiv
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/879/09/8790928_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_94c73c73440463bb26013633b90834c7.jpg
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 15 iyun kuni qabul qilingan qarorda keltirilgan.Hujjatga koʻra, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tarkibida otliq otryadlar bosqichma-bosqich tashkil etiladi hamda mazkur otryadlar xizmat otlari, tegishli transport vositalari va anjomlar bilan taʼminlanadi.Shuningdek, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari otliq shtat birliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining amaldagi shtat birliklari doirasida shakllantiriladi.2023-2026 yillarda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalarini avto va mototransport vositalari, xizmat otlari va anjomlar bilan taʼminlash dasturi doirasida otliq otryadlarga qorabayir zotli otlar mazkur sohaga ixtisoslashgan mahalliy tashkilotlar tomonidan yetkazib beriladi.Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda otliq otryadlarning tuzilmasini, ushbu otryadlar toʻgʻrisidagi nizomni, ularning xodimlari uchun xizmat kiyimining namunasini, ularni ekipirovka, anjom va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash boʻyicha tabel meʼyorlarini hamda xizmat otlarining kirim-chiqim qilinishi, saqlanishi, parvarish qilinishi, oʻrgatilishini hamda yem-xashak, zootexnika va veterinariyaga oid hamda boshqa anjomlar bilan taʼminlanishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi qoʻllanmani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/879/09/8790928_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_7b8b9069ce9504c98bc62b4069c9acc1.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangi qaror, iiv
Patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi
Otryadlarga qorabayir zotli otlar mazkur sohaga ixtisoslashgan mahalliy tashkilotlar tomonidan yetkazib beriladi.
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 15 iyun kuni qabul qilingan qarorda keltirilgan.
Hujjatga koʻra, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tarkibida otliq otryadlar bosqichma-bosqich tashkil etiladi hamda mazkur otryadlar xizmat otlari, tegishli transport vositalari va anjomlar bilan taʼminlanadi.
Shuningdek, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari otliq shtat birliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining amaldagi shtat birliklari doirasida shakllantiriladi.
2023-2026 yillarda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalarini avto va mototransport vositalari, xizmat otlari va anjomlar bilan taʼminlash dasturi doirasida otliq otryadlarga qorabayir zotli otlar mazkur sohaga ixtisoslashgan mahalliy tashkilotlar tomonidan yetkazib beriladi.
Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda otliq otryadlarning tuzilmasini, ushbu otryadlar toʻgʻrisidagi nizomni, ularning xodimlari uchun xizmat kiyimining namunasini, ularni ekipirovka, anjom va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash boʻyicha tabel meʼyorlarini hamda xizmat otlarining kirim-chiqim qilinishi, saqlanishi, parvarish qilinishi, oʻrgatilishini hamda yem-xashak, zootexnika va veterinariyaga oid hamda boshqa anjomlar bilan taʼminlanishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi qoʻllanmani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.