Jamiyat

Yangi haftada harorat pasayishi va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

© Sputnik / Maksim BlinovDojd
Dojd  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hafta davomida momaqaldiroq boʻlishi, yomgʻir va doʻl yogʻishi mumkin. Sel kelishi xavfi bor.
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Bugun yuqori tsiklon taʼsiri hisobiga Oʻzbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy hududlari boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir kuchli boʻladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Unga koʻra, ayrim joylarda doʻl yogʻishi ehtimoli bor. Momaqaldiroq paytida shamol 18-23 m/s gacha, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 23-28 darajani tashkil etadi, bu ushbu kun iqlimiy meʼyoridan 4-6 darajaga pastdir.
21-22 iyunda tsiklon taʼsiri kuchsizlashadi, ammo markaziy, janubiy va sharqiy hududlar boʻyicha momaqaldiroq bilan yomgʻir yogʻishi ehtimoli saqlanib turadi. Togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin.
20-22 iyunda respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda.
Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududi boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarning baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Kunduzi havo harorati asta-sekin koʻtariladi va ish haftasining oxiriga kelib 34-39 darajani tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0