https://oz.sputniknews-uz.com/20220620/yigitlar-zor-oynadi-ular-bilan-faxrlanaman-timur-kapadze-25458652.html
"Yigitlar zoʻr oʻynadi, ular bilan faxrlanaman" - Timur Kapadze
"Yigitlar zoʻr oʻynadi, ular bilan faxrlanaman" - Timur Kapadze
Temur Kapadze matbuot anjumanida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. 20.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-20T05:55+0500
2022-06-20T05:55+0500
2022-06-20T05:55+0500
sport
u-23 osiyo kubogi-2022
oʻzbekiston
futbol
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/10/25380829_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_13a3568a13d785703b10ccb630525b8e.jpg
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Osiyo Kubogi finali doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan oʻyindan keyin matbuot anjumanida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.“Bugun gʻalaba qozonib, xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr soʻrayman. Nasib etmagan ekan. Barcha muxlislarimizga rahmat aytamiz. Keyingi turnirlarda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz.Abdurauf Boʻriyev oʻyin davomida yaxshi harakat qildi. Bugun oʻyin qiyin boʻldi. Afsuski, magʻlubiyatga uchradik. Bolalarga rahmat aytaman. Bu bizga katta maktab boʻldi, bu magʻlubiyatdan keyin yana-da kuchliroq boʻlamiz deb umid qilaman.Albatta, bu turnirda hamma jamoada charchoq bor, ayniqsa finalchilarda. Chunki uzoq yoʻl bosib oʻtiladi. Bugun bolalar borini berib harakat qilishdi.Bu jamoani tashkil qilganimizda asosiy maqsad sifatida Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritish belgilangan. Bu turnirda yoshroq futbolchilar bilan ishtirok etgan boʻlsak ham yaxshi natija qayd eta oldik, deb oʻylayman. Bu turnirda futbolchilarni ham ruhan, ham jismonan koʻrib oldik. Bolalar zoʻr oʻynadi, men ular bilan faxrlanaman.Qaysidir oʻyinda qaysidir futbolchi yaxshiroq oʻynadi, qaysidirida esa boshqasi. Aytishim kerak, hali yana-da oʻsishimiz lozim.Futbol shunday narsa – uzoq dam ololmaysiz. Oʻyin tugagandan keyin u tarixga kiradi. Siz keyingi oʻyinga tayyorgarlik koʻrishingiz kerak. Toʻgʻri, futbolchilarimda ruhiy va jismoniy tomonlama biroz toliqish bor. Lekin hayot davom etadi”.Osiyo kubogida 1-oʻrinni Saudiya Arabistoni yoshlari qoʻlga kiritishdi. 2-oʻrin Oʻzbekistonga nasib etdi. 3-oʻrinni Yaponiya U-23 jamoasi egalladi.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/10/25380829_0:0:1280:961_1920x0_80_0_0_e061582ad32b21d55123817049360b9f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
u-23 osiyo kubogi-2022, oʻzbekiston, futbol
"Yigitlar zoʻr oʻynadi, ular bilan faxrlanaman" - Timur Kapadze
Temur Kapadze matbuot anjumanida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Osiyo Kubogi finali doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan oʻyindan keyin matbuot anjumanida oʻz fikrlari bilan
oʻrtoqlashdi.
“Bugun gʻalaba qozonib, xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr soʻrayman. Nasib etmagan ekan. Barcha muxlislarimizga rahmat aytamiz. Keyingi turnirlarda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz.Abdurauf Boʻriyev oʻyin davomida yaxshi harakat qildi. Bugun oʻyin qiyin boʻldi. Afsuski, magʻlubiyatga uchradik. Bolalarga rahmat aytaman.
Bu bizga katta maktab boʻldi, bu magʻlubiyatdan keyin yana-da kuchliroq boʻlamiz deb umid qilaman.Albatta, bu turnirda hamma jamoada charchoq bor, ayniqsa finalchilarda. Chunki uzoq yoʻl bosib oʻtiladi. Bugun bolalar borini berib harakat qilishdi.
Bu jamoani tashkil qilganimizda asosiy maqsad sifatida Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritish belgilangan. Bu turnirda yoshroq futbolchilar bilan ishtirok etgan boʻlsak ham yaxshi natija qayd eta oldik, deb oʻylayman. Bu turnirda futbolchilarni ham ruhan, ham jismonan koʻrib oldik. Bolalar zoʻr oʻynadi, men ular bilan faxrlanaman.Qaysidir oʻyinda qaysidir futbolchi yaxshiroq oʻynadi, qaysidirida esa boshqasi. Aytishim kerak, hali yana-da oʻsishimiz lozim.
Futbol shunday narsa – uzoq dam ololmaysiz. Oʻyin tugagandan keyin u tarixga kiradi. Siz keyingi oʻyinga tayyorgarlik koʻrishingiz kerak. Toʻgʻri, futbolchilarimda ruhiy va jismoniy tomonlama biroz toliqish bor. Lekin hayot davom etadi”.
Osiyo kubogida 1-oʻrinni Saudiya Arabistoni yoshlari qoʻlga kiritishdi. 2-oʻrin Oʻzbekistonga nasib etdi. 3-oʻrinni Yaponiya U-23 jamoasi egalladi.