Iqtisod

Belarus, Rossiya va Oʻzbekiston bosh vazirlari Minskda uchrashishdi

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran YEAES
Flagi stran YEAES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bosh vazirlar Minskda YEOII davlatlari orasida markirovka, import oʻrnini bosish va yuqori texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishadi.
TOSHKENT, 21 iyun - Sputnik. Belarus, Rossiya va Oʻzbekiston hukumat rahbarlari Roman Golovchenko, Mixail Mishustin va Abdulla Aripov Minskda Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida ishtirok etishadi, deb xabar qilmoqda BelTA.
Yigʻilishda YEOII mamlakatlari bosh vazirlari YEOIIda tovarlarni identifikatsiya va markirovka qilish, ustuvor va yuqori texnologiyali tarmoqlarda hamkorlik va import oʻrnini bosish boʻyicha komissiya tuzish hamda transchegaraviy bozorlarda raqobat holatini muhokama qiladilar.
Bundan tashqari, transport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish, elektron tijorat, bojxona hamkorligi masalalari ham kun tartibiga kiritilgan.
YEOII yigʻilishi oldidan Belarus, Rossiya va Oʻzbekiston hukumat rahbarlari Belarusning yirik mashinasozlik korxonalaridan biri - "Amkodorga" tashrif buyurishdi. Bosh vazirlar korxona faoliyati bilan tanishib, sanoat sohasida hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qildilar.
Maʼlumot uchun, Belarusning yirik korxonalaridan biri boʻlgan, OAO "Amkodor" xolding boshqaruvchi kompaniyasi 1927 yilda tashkil etilgan. Beshta boʻlinma - qurilish, oʻrmon xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi, kommunal mashinalar va butlovchi qismlar doirasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun asbob-uskunalar, shuningdek, oʻzining element bazasi ishlab chiqariladi. korxona jami 6,5 ming nomdagi mahsulot, 125 dan ortiq rusumdagi mashinalar va modifikatsiyalari 40 ta davlatda faoliyat yuritmoqda.
Yangiliklar lentasi
0