Jamiyat

Chelyabinskda ishlayotgan oʻzbekistonliklar MDTUda oʻqishlari uchun sharoit yaratiladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishNaberejnaya reki Miass. Gorod Chelyabinsk
Naberejnaya reki Miass. Gorod Chelyabinsk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Talabalarning oʻquv-kontrakt toʻlovlari “Yujuralzoloto” korxonasi tomonidan 5 yil ishlab berish sharti bilan toʻlab beriladi.
TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Chelyabinsk viloyatining Plast shahrida joylashgan oltin qazib olish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Yujuralzoloto” korxonasida mehnat qilayotgan oʻzbekistonliklar dual taʼlim tizimida oʻqitiladi.
Toshkent shahri hokimining birinchi oʻrinbosari Hotambek Shokirov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Magnitogorsk davlat texnika universiteti rektori Mixail Chukin bilan uchrashdi.
Suhbat davomida taʼlim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va yanada kengaytirish boʻyicha fikr almashildi.
MDTU rektori oʻz soʻzida universitet Magnitogorsk metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda dual taʼlim tizimini yoʻlga qoʻygani va mazkur tizim doirasida tahsil oluvchi talabalar bir vaqtning oʻzida ham oʻqish, ham ishlash imkoniyatiga ega ekanini aytib oʻtdi.
Endilikda universitet “Yujuralzoloto” korxonasida mehnat qilayotgan oʻzbekistonlik fuqarolar uchun ham ushbu taʼlim dargohida tahsil olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.
“Korxonada mehnat qilayotgan fuqarolar delegatsiya aʼzolari bilan uchrashganda oʻzlari faoliyat yuritayotgan sohada oliy taʼlim olish istagini bildirib oʻtishgandi. Ular MDTUga oʻqishga kirish uchun Bosh konsulxona va “Yujuralzoloto” korxonasi rahbariyatidan yordam soʻrab murojaat qilishgan” deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, korxona tomonidan talabalarning oʻquv-kontrakt toʻlovlari ushbu korxonada 5 yil ishlab berish sharti bilan toʻlab beriladi.
Aytilishicha, taʼlim dargohi Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari va yirik togʻ-kon metallurgiya korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish niyatida.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda MDTU Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0