Do‘stlik karvoni: Dushanbedan Toshkentga 30-yil ichida birinchi yo‘lovchi poyezdi yetib keldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPerviy za 30 let passajirskiy poyezd iz Dushanbe pribil v Tashkent
Perviy za 30 let passajirskiy poyezd iz Dushanbe pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosariga ko‘ra, temir yo‘lda yo‘lovchi tashishning qayta tiklanishi xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlaydi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Bugun, 21-iyun kuni “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzaliga 30-yil ichida birinchi marta Dushanbe shahridan yo‘lovchi poyezdi yetib keldi. Shu munosabat bilan vokzalda birinchi reys yo‘lovchilarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
“Dushanbe-Toshkent” yo‘nalishidagi poyezd kecha kechqurun yo‘lga chiqdi. Poyezdning Dushanbedan jo‘nab ketishining tantanali marosimida Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim ham ishtirok etdi.
Birinchi reys bilan transport boshqarmalari vakillari, Tojikiston temir yo‘l sanoatining taniqli xodimlari va ularning oila a’zolari O‘zbekistonga yetib keldi.
Poyezdni tantanali kutib olish marosimida Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda ham ishtirok etdi.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPerviy za 30 let passajirskiy poyezd iz Dushanbe pribil v Tashkent
Perviy za 30 let passajirskiy poyezd iz Dushanbe pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2022
Perviy za 30 let passajirskiy poyezd iz Dushanbe pribil v Tashkent
Marosimda O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov so‘zga chiqib, temir yo‘lda yo‘lovchi tashishning qayta tiklanishi xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashini aytdi.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPerviy za 30 let passajirskiy poyezd iz Dushanbe pribil v Tashkent
Perviy za 30 let passajirskiy poyezd iz Dushanbe pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2022
Perviy za 30 let passajirskiy poyezd iz Dushanbe pribil v Tashkent
“Tojikistonlik do‘stlarimiz bu poyezdni ramziy ma’noda “Do‘stlik karvoni” deb bejiz atamagan. Qadim zamonlardan karvonlar xalqlarni birlashtiruvchi ko‘prik bo‘lib kelgan. Ishonchim komilki, bu poyezd qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigi bo‘lib xizmat qiladi”, - deya ta’kidladi u.
“Roxi oxani Tochikiston” (Tojikiston temir yo‘llari) davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan Dushanbe-Toshkent-Dushanbe yo‘nalishidagi 301/302-sonli yo‘lovchi poyezdi 10 ta vagondan, xususan, 1 ta yotoq vagoni, 4 ta kupe, vagon-restoran va 4 ta plaskart vagondan iborat. Kompozitsiya 500-600 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPerviy za 30 let passajirskiy poyezd iz Dushanbe pribil v Tashkent
Perviy za 30 let passajirskiy poyezd iz Dushanbe pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2022
Perviy za 30 let passajirskiy poyezd iz Dushanbe pribil v Tashkent

Xalqaro yo‘lovchi poyezdi Dushanbe—Quduqli—Sariosiyo—Qumqo‘rg‘on—Darband—Dehqonobod—Qarshi—Samarqand—Jizzax—Guliston—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga bir marta harakatni amalga oshiradi. Dushanbedan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 916 kilometrni tashkil qiladi. Yo‘lovchilar 21 soat ichida o‘z manzillariga yetib olishlari mumkin. Tarkibni Tojikiston temir yo‘lchilari nazorat qilib boradi.

Poyezd Dushanbedan haftaning har dushanba kuni jo‘nab ketadi va Toshkentga seshanba kuni soat 13:43 da yetib keladi. Shuningdek, seshanba kuni Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 16:15 da jo‘nab, chorshanba kuni Dushanbega yetib boradi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lumotlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi yo‘lovchi temir yo‘l harakati 1990-yillar boshida Tojikistondagi fuqarolar urushi tufayli to‘xtab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi davomida ma’lum qilingan edi. Tashrif davomida har ikki davlat rahbarlari yangi tranzit yo‘laklarini shakllantirish va zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish, havo, temir yo‘l hamda avtobus qatnovini ko‘paytirishga kelishib olgan.
Yangiliklar lentasi
0