G‘arb yana Rossiyani “jangda mag‘lub etish”ni xohlab qoldi

© AP PhotoBoris Djonson vo vremya vizita v Kiyev 17-iyunya 2022 goda
Boris Djonson vo vremya vizita v Kiyev 17-iyunya 2022 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2022
Obuna bo‘lish
Hozir Ukrainaning faqat nomi qolgan, biz u yerda NATO bilan jang qilayapmiz - Ramzan Qodirov.
“Armiyani yana Yevropadagi urush uchun tayyorlash kerak, Ittifoqchilarimiz bilan birga jang qilishga va jangda Rossiyani mag‘lub etishga qodir armiya aratish zarur”. Mamlakatimiz bilan kim jang qilmoqchi? Britaniya armiyasi Bosh shtabining yangi rahbari Patrik Sanders - uning memorandumi aftidan matbuot uchun mo‘ljallanmagan, ammo “Bi-bi-si” chop etdi. Genaralning kichik armiyasi bor- atigi 73 ming, ammo ambitsiyalari katta:
“Rossiyaning Ukrainaga hujumi bizning asosiy maqsadimizni belgilab beradi: Buyuk Britaniyani himoya qilish, quruqlikdagi urushda jang qilishga tayyorgarlik, g‘olib bo‘lish - va Rossiya tomondan kuch ishlatish tahdid qilganda bizning tajovuzni bartaraf etish qobiliyatimizning mustahkamlash”.
Asrlar davomida Britaniya va Rossiya bir-biri bilan ikki marotaba to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv bo‘lgan- mamlakatimizga oxirgi marta Qrim urushida inglizlar hujum qilgan. Hozir esa, bundan chiqaptiki, Rossiya va nihoyat kuchlarini to‘plagan va Buyuk Britaniyaga hujum qilishga tayyorlanyaptimi?! Yo‘q, axir uning rejalarida Yevropa mamlakatlariga, NATOning orolda joylashgan monarxiyasiga hujum qilish yo‘q, buni axir angliyalik har bir maktab o‘quvchisi biladiku. Bosh vazir Boris Jonson shanba kuni o‘zining Sunday Times dagi maqolasida bejizga:
“Bilamizki, Putin Ukrainani parchalash bilan cheklanmasdi. O‘tgan haftada u o‘zini Buyuk Potrga taqqosladi va “slavanlar” yashagan har qanday hududni “qaytarib olish” uchun Rossiyaga abadiy huquq berdi, bu doktrina- Yevropaning keng hududlari, shu jumladan, NATO ittifoqchilarini zabt etish imkonini beradi” deb yozmaydi axir.
Jonson fikrlaridagi “cheklanmasdi” degan so‘z chalg‘itmasligi kerak - bu dahshatlarning barchasi Yevropaga tahdid soladi, qachonki, u Ukrainaning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini oldini ololmasa. Bosh vazirning maqolasi hatto “Agar biz mard Ukrainadan yuz o‘giradigan bo‘lsak, hech qachon xavfsiz bo‘la olmaymiz” deb nomlangan. Rossiya tarixining yana bir notinch davrining tugashi va yagona xalqning birlashishi Yevropa va undan ham ko‘proq orol monarxiyasi xavfsizligiga qanday aloqasi bor, deb so‘ramang –umuman bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak!
Agar general Sanders oddiygina qilib “Rossiya tajovuzkorligi Yevropada xavfsizlik yo‘qligining yangi davriga olib keldi” va shuning uchun Britaniya armiyasini modernizatsiya qilishni tezlashtirish zarur (u qit’adagi janglarda Rossiyani mag‘lub etishi uchun), deb yozsa, Jonson: “Biz va ittifoqchilarimiz o‘z xavfsizligimiz bilan bir qatorda Ukraina xavfsizligini ham himoya qilamiz va dunyoni Putinning halokatli orzularidan va ulardan nusxa olishga harakat qiladiganlardan himoya qilamiz”, deydi. Ya’ni, butun dunyoga tahdid solayotgan “Slavan Gitleri” va Sharqda unga taqlid qilmoqchi bo‘lgan Si Szinpinga yana aniq ishora.
Bu afsunlarni barchasining ma’nosi bitta: anglo-sakslar G‘arbni uzoq davom etadigan urushga ancha oldinroq tayyorlashmoqda. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ochiqchasiga aytdi:
“Biz bu yillarga cho‘zilishiga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Garchi xarajat harbiy yordam, energiya va oziq-ovqat narxlari jihatidan yuqori bo‘lish mumkin bo‘lsada, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmasligimiz kerak”.
Jonson esa Ukrainaga yordamning to‘rtta asosiy yo‘nalishini taklif qilmoqda - qurol-yarog‘, moliya, eksport uchun logistika va g‘alla eksporti va “bularning barchasi Buyuk Britaniya va ittifoqchilarimiz tomonidan oylar va yillar davom etadigan qat’iy sa’y-harakatlarni talab qilishini” ta’kidlab o‘tdi.
Bu yordamlarning maqsadi etib Britaniya bosh vaziri “urushning Zelenskiy aytgan shartlarini bilan tugashi uchun ukrain do‘stlarimizni qo‘llab-quvvatlashdir”. Ya’ni biz ishonishimiz kerakki, Londonda Rossiyani jang maydonida ukrain qo‘llari bilan mag‘lub etish mumkinligidan kelib chiqishmoqdami? Ukrainadagi bir necha yillik urush mobaynida Britaniya armiyasi qit’adagi janglarda Rossiya ustidan yangi g‘alabalarga tayyorgarlik ko‘rishi uchunmi? Balki o‘shanda Ukrinada mag‘lub bo‘lgan Rossiya Boltiqbo‘yi yoki darhol Polshaga hujum qilib qolar? Kimdir bu befarq britaniyaliklarning bunday mantig‘iga ishonadimi?
Albatta, yo‘q. Britaniya umuman qit’ada jang qilishga tayyor emas, boz ustiga Rossiyaning NATO mamlakatlariga xujum qilishiga ham ishonmaydi. Biroq, britaniyalik rahbarlar, xuddi polshalik yetakchilar kabi Yevropa-Rossiya munosabatlarining butunlay barbod bo‘lishini xohlab qolishgan- yaqin yillarda emas, balki o‘n yillab buzilishlariga. Buning uchun imkon qadar ko‘proq o‘tinni sindirishga, ya’ni Yevropa- Rossiya munosabatlarida sodir bo‘ladigan hammasini yo‘q qilishga vaqt kerak. Shuning uchun Ukrainadagi janglar qancha uzoq davom etsa, London uchun shunchalik yaxshi.
Shunga qaramay, ular nemislarni Berlinga qarshi rus kampaniyasi bilan qo‘rqitish, shu bilan birga nemislarni bisotidagi so‘nggi so‘zlari bilan qo‘rqoqlikda haqorat qilish darajasiga yetib borishmadi- axir buning uchun Varshava va aqlsiz polshalik yetakchilar borku. Britaniya esa bu Yevropadagi atmosferani olovlatib va hammani rus tajovuzi bilan qo‘rqitib bu harakatlarning barchasiga dirijerlik qilib turmoqchi. So‘nggi ikki asrda bir necha marotaba ishlatilgan eski kombinatsiya. Keyin bu strategiya Britaniyaga muvaffaqiyat keltirdi- garchi so‘nggi ikki urushda ham ularning mevalaridan okean ortidagi sheriklari bahramand bo‘lgan bo‘lsa ham.
Bu safar Britaniya o‘sha paytdagi armiyasi va flotiga ega emas. Ammo Sitining qudrati va global kombinatsiyalarni yo‘q qilishda irsiyatdan tajribaga ega yuqori toifali elitalar bor. To‘g‘ri, sabab zaifroq- ruslar o‘zlariniki bo‘lganlarni qaytarishapti va hatto provokator Polshaga ham tahdid qilishmayapti. Tahdidni kuchaytirishga harakat qilish mumkin- o‘z vaqtida Yevropani Kavkaz, Bolqon, va hatto O‘rta Osiyodagi ruslar bilan qo‘rqita olganmiz.
Chindan ham Britaniya uchun xavf juda ko‘p- va London oqibatlarini o‘ylamasdan stavkalarni oshirmoqda – aniqrog‘i, vaziyatni o‘zi uchun muvaffaqiyatli deb hisoblayapti. Biroq- tarix ayyor, va biz hozir boshdan kechirayotgan keskin burilishlarda g‘ildiraklar ostiga tushib halok bo‘lmaslik uchun aravaning to‘g‘ri yo‘lida turish kerak.
Yangiliklar lentasi
0