Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Qayday nonushta yurak uchun zararli - shifokor javobi

Zavtrak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘pchilik har kuni nonushtada iste’mol qiladigan odatiy mahsulotlar yurak-qon tomir tizimi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Buterbrod, sarog‘ va pishloqli tost nonushta uchun foydali oziq-ovqat emas. Gastroenterolog Sergey Valovning aytishicha, bu mahsulotlar oshqozon osti bezi yallig‘lanishi (pankreatit)ga olib kelishi mumkin.
Gap shundaki, yog‘li ovqatlarning ko‘pligi oshqozon osti beziga safro oqimini keltirib chiqaradi.
Muntazam buterbrod iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimi uchun ham xavfli: hayvon yog‘i qonda xolesterin va trigletseridlar miqdorini ko‘paytiradi, bundan esa ateroskleroz tez rivojlanadi.
“Aterosklerotik blyashka yurakdagi qon oqimini to‘sib qo‘yadi bu esa yurak ishemik kasalliklari: stenokardiya va infarktga sabab bo‘lishi mumkin”, - deydi shifokor.
Biroq butunlay buterbrodlardan voz kechish kerak emas. Muvozanatlashtirilgan ratsionda hayvon va o‘simlik yog‘larining ikkisi ham bo‘lishi kerak deb xulosa qiladi shifokor.
Yangiliklar lentasi
0