Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina alamidan Rossiyaning Qora dengizdagi gaz platformalariga hujum qildi

© Sputnik / Sergey Petrosyan / Fotobankka oʻtishChernomorskiy flot RF
Chernomorskiy flot RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina Zmeinыy orolini yana qoʻlga kirita olmaganidan soʻng Rossiyaning Ыora dengizdagi gaz platformalariga hujumchi dronlari bilan hujum qilgan.
TOSHKENT, 21 iyun - Sputnik. Rossiya qoʻshinlari Ukrainaning Qora dengizdagi gaz qazib olish suzuvchi platformalariga uyushtirilgan xiyonatkorona hujumiga javob zarbasini berdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

"Xususan, tovushdan tez uchuvchi "Oniks" qanotli raketalari yordamida Odessa yaqinidagi "Shkolnыy" harbiy aerodromidagi "Bayraktar-TB2" uchuvchisiz uchish apparatlari joylashgan angarlarni yoʻq qildi”, — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, Kubanskiy orolida 155 millimetrlik Amerika M-777 gaubitsalarining ikkita vzvodlari yoʻq qilindi. Shuningdek, Rossiya aviatsiyasi Odessa viloyatining Ochakov va Tuzla viloyatlarida S-300 zenit-raketa majmuasining ikkita uchirish moslamasini yoʻq qildi.
Nishonlar Rossiya razvedka texnikasi tomonidan operatsiya davomida aniqlangan.
Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Ukraina Zmeinыy orolini yana qoʻlga kirita olmaganidan soʻng gaz platformalariga hujumchi dronlari bilan hujum qilishga qaror qilgan.
“20 iyun kuni soat 05:00 atrofida Kiyev rejimi Zmeyniy orolini egallashga navbatdagi aqldan ozgan urinishni amalga oshirdi. Kiyev rejimining operatsiya rejasi Zmeyniy oroliga havo va artilleriyadan ommaviy zarbalar berish, keyin esa desant hujumini amalga oshirish edi va orolni qoʻlga kiritsh edi”, - deyiladi hisobotda.
Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ikki "Bayraktar" uchuvchisiz apparatli boshchilishiga amalga oshirilgan hujumda 15 dan ortiq razvedka va uchuvchisiz samolyotlar ishtirok etgan. Bundan tashqari, AQSH Harbiy havo kuchlarining Global Hawk RQ-4 strategik razvedka uchuvchisiz samolyoti baland masofadan turib kuzatib turgan.
Qopqoqni S-300 zenit tizimlari Tuzla va Ochakov hududlaridagi jangovar pozitsiyalardan taʼminladi. Zmeinыy oroliga "Tochka-U" ballistik raketalari, "Uragan" raketa tizimlari va 155 millimetrli M-777 gaubitsalari va artilleriya yordamida zarbalar berildi.
Rossiyaning "Pantsir" "Tor" zenit-raketa tizimlari yordamida Zmeinыy hujum qilgan barcha qurollar - 13 ta uchuvchisiz apparat, toʻrtta "Tochka-U" raketasi va 21 ta "Uragan" reaktiv snaryadlarini yakson qilindi.
RIA Novosti muxbirlari aniqlashiga koʻra, AQShning tijoriy sunʼiy yoʻldoshlari Ukraina hujumidan bir necha kun oldin Zmeinыy orolini suratga olgan. Xususan, “Worldview-3” 14 iyun kuni, “Worldview-1” - 17 iyun kuni.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0