Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

© Matt KatzenbergerRabota seysmografa
Rabota seysmografa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2022
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzilaning kuchi O‘zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham sezildi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Bugun Toshkent vaqti bilan 01:55 atrofida Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida ham sezildi.
Zilzila Toshkentdan 685 janubiy-g‘arbda sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari: 35,11 gradus shimoliy kenglik; 68,99 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6,1. Chuqurlik 15 km.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
• Surxondaryo viloyati – 3 ball, 281 km;
• Qashqadaryo viloyati – 2 ball, 503 km;
• Samarqand viloyati – 2 ball, 536 km;
• Jizzax viloyati – 2 ball, 567 km
Yangiliklar lentasi
0