Iqtisod

Chirchiqda Rossiya hamkorligida qoʻshma korxona ishga tushiriladi

© “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Chirchiqda Rossiya hamkorligida qoʻshma korxona ishga tushiriladi
Chirchiqda Rossiya hamkorligida qoʻshma korxona ishga tushiriladi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi korxonaning ishga tushishi natijasida poyabzal sanoatida butlovchi mahsulotlar mahalliylashtiriladi va poyabzal tannarxi sezilarli darajada kamayadi.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Qozon sintetik kauchuk zavodi hamkorligida qoʻshma korxona ishga tushiriladi. Bu haqda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi xabar berdi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida “Qozon sintetik kauchuk zavodi” OAJ vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekistonda poyabzal sanoati uchun butlovchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan qoʻshma korxonani ishga tushirish masalasi koʻrib chiqildi.
Aytilishicha, Rossiyaning kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mazkur korxona yaqin kunlarda poyabzal sanoati uchun talab yuqori boʻlgan poliuretan va kauchuk birikmalari kabi kimyoviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qoʻshma korxona ochishni rejalashtirmoqda.
“Mamlakatda yillik ishlab chiqarish quvvatini hisobot davri oxiriga qadar 205 mln juftga yetkazish koʻzda tutilgan. Bu esa ayni yoʻnalishda katta hajmdagi butlovchi qismlar va xom ashyoga talabni oshiradi”, deyiladi xabarda.
Oʻzbekistonga hozirgi kunda poliuretan va kauchuk aralashmalari asosan xorijdan keltiriladi. Yangi korxonaning ishga tushishi natijasida butlovchi mahsulotlar mahalliylashtiriladi va poyabzal tannarxi sezilarli darajada kamayadi.
Oʻzcharmsanoat yangi qoʻshma korxonaga tarmoqlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashadi.
Maʼlumot uchun, Qozon sintetik kauchuk zavodi Rossiyadagi neft-kimyo sanoatining yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Zavodda MDH davlatlari va uzoq xorij mamlakatlarida sanoatning turli tarmoqlari uchun moʻljallangan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ayni vaqtda korxonada 160 nomdagi mahsulot tayyorlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0