Dunyoda

Maymun chechagi ellikka yaqin mamlakatga tarqalib ulgurdi

© AP Photo / ALLEN SULLIVANDoktor Denni G. Mid rabotayet s probirkami, soderjaщimi komarov, kotorыe bыli poymanы na proshloy nedele v Olbani, shtat Djordjiya, v zdanii oxranы dikoy prirodы v universitetskom gorodke v Afinax, shtat Djordjiya
Doktor Denni G. Mid rabotayet s probirkami, soderjaщimi komarov, kotorыe bыli poymanы na proshloy nedele v Olbani, shtat Djordjiya, v zdanii oxranы dikoy prirodы v universitetskom gorodke v Afinax, shtat Djordjiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ispaniya soʻnggi kunlarda 700ga yaqin koʻrsatkich bilan eng koʻp maymun chechagi qayd etilgan mamlakatga aylandi.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Shu kungacha dunyoning ellikka yaqin davlatida maymun chechagi virusi roʻyxatga olindi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, birgina Yevropaning 28 ta mamlakatida 2000 nafardan ziyod bemor ushbu xavfli virus bilan kasallangan.
Hozir qitʼaning barcha hududida oʻsish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Ayniqsa, London, Madrid va Lissabon shaharlarida epidemiologik vaziyat ancha yomonlashgan.
Virus Berlin va Parij shaharlari hamda Belgiya, Niderlandiya va Italiya mamlakatlarida ham shiddat bilan tarqalmoqda.
Ispaniya soʻnggi kunlarda 700ga yaqin koʻrsatkich bilan eng koʻp maymun chechagi qayd etilgan mamlakatga aylandi.Hozir kasallikdan asosan Madriddagi aholi aziyat chekmoqda. Bu yerda 510 kishiga mazkur xastalik tashxisi qoʻyilgan.
Lotin Amerikasida esa 18 ta holat tasdiqlangan. Shundan Braziliyada sakkizta, Meksikada beshta, Argentinada uchta, Venesuela va Chilida bittadan.
Qolaversa, soʻnggi kunlarda Janubiy Koreyada ikki nafar, Singapurda bir nafar bemor maymun chechagini yuqtirganlikda gumonlanmoqda.

Buyuk Britaniyada faoliyat olib boruvchi molekulyar virusologiya boʻyicha professor Karlos Maluker de Motesning soʻzlariga koʻra, bu epidemiyaga chek qoʻyish juda qiyin kechadi. Chunki virus allaqachon koʻplab mamlakatlarga tarqalib ulgurdi.

Biroq bunday sharoitda xastalikni aniqlash, kuzatish va nazorat qilish tizimlari talab darajasida emas. Aytilishicha, infektsiyani yuqtirganlar tibbiyot muassasalariga kech murojaat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0