Siyosat

Mirziyoyev va Aliyev Xivada nimalarni tomosha qilishdi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezidentlar Xivadagi diqqatga sazovor joylarga bordi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Xiva shahriga tashrif buyurdi.
TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Xiva shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.
Prezidentlar Xivaning Ichan-qalʼasiga Ota darvozadan kirib, Koʻk minora, Koʻhna ark saroyi, Shergʻozixon madrasasi, Juma masjidi, Tosh hovlini tomosha qilishdi, Allomalar muzeyi bilan tanishishdi.
Xorazmcha qoʻshiq va raqslar ijrosi mehmonlarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2022
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Undan soʻng prezidentlar Ichan qalʼa yaqinidagi Nurillaboy saroyini ham borib koʻrishdi. Bu majmuani 1884 yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz qurdirgan. Keyinchalik qoʻshimcha binolar ham barpo etilib, beshta hovlidan tashkil topgan. Saroyda ham sharqona, ham yevropacha uslubdagi arxitektura ajoyib tarzda uygʻunlashgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2022
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Yana bir eʼtiborli jihati, XX asr boshlarida koʻpgina siyosiy jarayonlar aynan shu saroyda kechgan. Xivaning davlatchilik va ilm-fan rivojida tutgan oʻrni, qadimiy obidalari va sanʼati ozarbayjonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2022
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Eslatib oʻtamiz, 21-22 iyun kunlari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonda davlat tashrifi boʻlib oʻtmoqda. Tashrif doirasida Ozarbayjon va Oʻzbekiston bilan strategik hamkorlik deklaratsiyasi hamda yana 15ta turli sohalarda hamkorlikni qamrab olgan shartnomalar imzolandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2022
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Yangiliklar lentasi
0