Qurbon hayitida necha kun dam olish bo‘ladi?

© UMUPrazdnovanie Ramadan hayit v Uzbekistane
Prazdnovanie Ramadan hayit v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan aholi kamida uch kun dam oladi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan kamida uch kun dam oladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonida belgilangan.
Farmonga muvofiq, 11-iyul (dushanba) barcha xodimlar uchun (ish haftasi turidan qat’i nazar) qo‘shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.
Bundan tashqari, besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlarning dam olish kuni 16-iyul, shanba kunidan 12-iyul, seshanba kuniga ko‘chirilgan.
Olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun 12-iyul, seshanba kuni ham qo‘shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.
Rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Qurbon hayiti 9-iyulga to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, O‘zbekiston aholisi Qurbon hayiti munosabati bilan quyidagi kunlarda dam oladi:
· 9-iyul — shanba (dam olish kuni - hali rasman tasdiqlanmagan);
· 10-iyul — yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni);
· 11-iyul — dushanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun);
· 12-iyul — seshanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun/ko‘chirilgan dam olish kuni).
Yangiliklar lentasi
0