Iqtisod

Tabiiy gaz bozorida asosiy vakolatlarga ega yangi kompaniya ish boshlaydi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishGlavnыy terminal truboprovoda Gazela v cheshskom poselenii Brandov ryadom s nemetskoy granitsey. Gazoprovod ispolzuyetsya dlya transportirovki rossiyskogo gaza v Yevropeyskiy Soyuz
Glavnыy terminal truboprovoda Gazela v cheshskom poselenii Brandov ryadom s nemetskoy granitsey. Gazoprovod ispolzuyetsya dlya transportirovki rossiyskogo gaza v Yevropeyskiy Soyuz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“UzGasTrade” aktsiyadorlik jamiyati tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funktsiyasini bajaradi.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Gazni sotib olish, sotish va eksport qilish ishlari bilan 1 avgustdan boshlab yangi tashkil etilgan UzGazTrade kompaniyasi shugʻullanadi. Bu prezident tomonidan imzolangan PQ-280-sonli qarorda nazarda tutilgan.
“UzGasTrade” aktsiyadorlik jamiyati tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funktsiyasini bajaradi.

UzGasTrade tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qiladi.

“Oʻztransgaz” AJ esa tabiiy gazni tashish, saqlash va tranzit qilishga ixtisoslashgan yagona magistral gaz uzatish tizimi operatori etib belgilandi.
Hujjatga muvofiq:
“UzGasTrade” AJ ustav kapitalidagi davlat aktsiyalari paketlari boʻyicha aktsiyador huquqi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Kompaniyaning ustav kapitali Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlarining bir qismi hisobidan shakllantiriladi;
Tabiiy gazni sotib olish va ichki bozorda uni sotish bilan bogʻliq 1 avgust holatiga mavjud debitor va kreditor qarzdorliklar boʻyicha barcha huquq va majburiyatlar “Oʻztransgaz” AJ zimmasida qoladi;
“Oʻztransgaz”ning tabiiy gazni xarid qilish va sotish shartnomalari hamda bitimlari, shu jumladan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar boʻyicha huquq va majburiyatlari 1 avgustdan boshlab “UzGasTrade”ga oʻtadi;
Yangi tashkil etilgan kompaniya tomonidan tabiiy gazni import qilish tender, tanlov hamda Hukumat qarori asosida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi “Oʻztransgaz” va “Hududgaztaʼminot” bilan birgalikda respublika boʻyicha gaz taqsimlash stantsiyalari va sanoat tugunlarini xatlovdan oʻtkazadi.
Shuningdek, respublika gaz uzatish tizimini, shu jumladan yer osti gaz saqlash omborlari infratuzilmasini 2040 yilgacha rivojlantirish va modernizatsiya qilish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0