Tendensiya: Dollar tushib, rubl oshmoqda

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnie kupuri i moneti.
Denejnie kupuri i moneti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2022
Obuna bo‘lish
Valyuta birjasida dollar va yevro kursi bir necha kundan berish tushishda davom etmoqda, rubl esa o‘sishda.
TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. O‘zbkiston Markaziy banki 23-iyun uchun AQSh dollar kursini 10847,08 so‘m miqdorida belgiladi. Bu o‘tgan kunga nisbatan 50 so‘ma past.
Aytish joizki so‘nggi bir necha kun hatto oylar davomida O‘zbekistonda dollar kursi pastlashda davom etmoqda.
Rubl kursi ilk bor 200 so‘mlik nishondan oshdi. 23-iyun sanasiga 1 rubl kursi 203,89 so‘m etib belgilandi. Rossiya valyutasi ham so‘nggi kunlarda so‘mga nisbatan uzuluksiz oshishda davom etmoqda.
Yevro 103,52 so‘mga tushib, 11 411,13 so‘m ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Markaziy bankining e’lon qilingan tahliliy hisobotiga ko‘ra, Rossiya rubli may oyida 19%ga mustahkamlangan.
Qozog‘iston tengesi ham aprel oyida 5 foizga mustahkamlandi. Bu asosan xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning stabillashgani hamda Rossiya rublining mustahkamlanishi bilan izohlanadi
Turk lirasi esa mazkur oy davomida 6 foizga qadrsizlandi.
Xitoy yuani 4 foizga qadrsizlandi. Mazkur oyda ham pandemiya bilan bog‘liq cheklovlarning saqlanib qolishi sabali Xitoyda iqtisodiy faollik past darajada saqlanib qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0