UQK o‘z kuchsizligidan Zmeiniy oroliga hujum qilmoqda

© ChernomorneftegazBurovaya platforma "Chernomorneftegaz" v Aovskom more
Burovaya platforma Chernomorneftegaz v Aovskom more - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2022
Obuna bo‘lish
UQKning burg‘ulash platformalari va Qora dengizdagi Zmeiniy oroliga qilayotgan harbiy jihatdan samarasiz bo‘lgan zarbalari bilan Kiyev rejimi Ukrainadagi harbiy harakatlar tashabbuskorlari va tashkilotchilarini xursand qilishmoqchi.
Rossiya bilan kurashda kiyevning qo‘g‘irchoq rejimi uchun asosiysi - bu "soqqa" masalasi, ya’ni AQSh va NATOdan biror iqtisodiy yordam undirish. G‘arb yordami bo‘lmasa Ukraina bir necha kun ichida kapitulyatsiya qilgan (taslim bo‘lgan) bo‘lardi. Shu sababli ham Kiyev har zamonda yo‘q yerdan "g‘alaba" namoyish qilishga urinadi. Chunki medialashtirilgan “g‘alaba2ni G‘arbning pul yoki quroli yordamiga aylantirish mumkin.
Jamiyatda millatchilik va rusofobiyani qo‘llab-quvvatlash - ikkinchi darajali masala, axir fuqarolarning fikrlari bilan qiziqmasdan safarbarlik resurslari bilan “so‘nggi ukrain qolguniga qadar” yillar davomida jang qilish mumkin.
UQK jang maydonida kuchsiz ekanligini anglab turib, Kiyev rejim quruqlikda ham dengizda ham surbetlarcha terroristik taktikalarni tez-tez ko‘llab turibdi. Doneskning aholi turar-joylari va Odessa viloyati qirg‘og‘idan 70 km uzoqliqda bo‘lgan, neft qazib oluvchi platformalariga zarbalarini faqat shunday tushuntirish mumkin.
Ukrain qo‘shinlari 20-iyun tonggida “Chernomorneftegaz”ning burg‘ulash platformalari va Zmeiniy platformalariga hujum qildi. Zmeiniyga bo‘lgan havo hujumida UQKning 15 tadan ortiq razvedka-zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlari, shuningdek, Bayraktar TB2 laridan foydalanilgan. Orol yaqinida AQSh Harbiy-havo kuchlarining "Global Xok" RQ-4 strategik- razvedka uchuvchisiz apparatlari ham ko‘ringan.
Kiyev rejimi operatsiyasining rejasi Zmeiniyga ommaviy havo va raketa-artilleriya zarbalarini berish, keyin esa u yerga qo‘nishni nazarda tutgan. Olovli zarbalar pozitsiyasidan Odessa g‘arbidan orolni "Tochka-U" ukrain ballistik raketalari, “Uragan” zalp olovli reaktiv tizimlari va NATOning 155-mm M-777 gaubitsalari bilan o‘qqa tutgan. Biroq, Rossiya qo‘shinlarining bo‘linmalari UQKning Zmeiniyni qaytarish uchun yo‘llagan hujumiga muvaffaqiyatli tarzda (yo‘qotishlarsiz va garnizon infratuzilmasiga hech qanday zarar yetkazmasdan) qarshi javob berdi. Rossiya havoga qarshi mudofaa kuchlarining “Pansir” va “TOR” vositalari 13 ta uchuvchisiz apparat, to‘rtta “Tochka-U” raketalari, “Uragan ” zalp olovli reaktiv tizimlarining 20 dan ziyod snaradlarini yo‘q qildi (orolgacha hech narsa uchib bora olmagan). Aqllilar birovlarning xatolaridan xulosa qilishadi, Ukraina Qurolli Kuchlari esa hatto o‘z xatolaridan ham xulosa qilishni istamaydi.
Eslatib o‘taman, may oyidagi o‘ylamay qilingan hujumlari tufayli UQK to‘rtta zarba beruvchi samolet, 10 ta vertoloyet, 30 ta uchuvchisiz apparat, “Molniya” 1241 loyihasining korveti, bortida qo‘shinlari bo‘lgan 58181 "Kentavr" loyihasining uchta zirhli kateridan ayrilgan. RF Qurolli Kuchlari Zmeiniyning mudofaasini zenit-raketa komplekslari va zalp olovli reaktiv tizimlari bilan ancha kuchaytirgan. Qora dengizning shimoli-g‘arbiy qismida Zmeiniy oroli strategik ahamiyatga ega (Ruminiyadan Odessa va Nikolayevga yuk tashish yo‘nalishlarini nazorat qilish), shuning uchun UQKdan yana “ruhiy hujum”lar kutsa bo‘ladi.
20 iyundagi Rossiya otishmalari UQK qo‘mondonchiligini Zmeiniyga qo‘nishni to‘xtatishga yana majbur qildi. Missiyasining muvaffaqiyatsizligi uchun Kiyev rejimi orolning 40 metr sharqidan uzoqlikda joylashgan gaz qazib oluvchi infratuzilmadan qasos olishga qaror qildi. Bayraktar TB2 va raketa bilan qurollangan kater guruhi zarbalaridan so‘ng, uchta platforma zarar ko‘rdi. “Chernomorneftegaz”ning xodimlaridan uch nafari yarador va yetti nafari bedarak yo‘qolgani haqida ma’lumotlar bor. 94 nafar vaxtovik evakuatsiya qilingan. “BK-1” platformasidagi kuchli yong‘in Qora dengizning bir qator mamlakatlari uchun ekologik halokat xavfini keltirib chiqardi.
Burg‘ulash platformalariga “Neptun” ukrain raketalari orqali zarba berilgandek, biroq, bu yerda NATO mutaxassislarining aralashuvisiz ish bo‘lmasligi aniq. Rossiyalik ekspertlarning taxmin qilishicha, oldinroq Daniya mamlakatadigan yetkazilgan, Amerikada ishlab chiqarilgan Harpoon kemaga qarshi raketalardan foydalanilgan. Aytish joiz, alyans harbiylari Zmeiniyga may oyida bo‘lgan hujumlarida ham ishtirok etishgan.
Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni parchalash davom etmoqda. Birgina o‘tgan sutka davomida Rossiya qo‘shinlari UQKning 216 ta ishchi kuchi jamlangan hududiga, 28 ta qo‘mondonlik punktiga, o‘q otish joylaridagi 64 ta artilleriya bo‘linmasiga, 13ta tank va boshqa zirhli texnikaga, ikkita o‘q-dori saqlanadigan omborga zarba berdi. 570 nafar millatchini yo‘q qildi. Bir kun avval Dnepropetrovsk viloyatida UQKning 57 nafar generali va ofitseri (majlis paytida) raketa zarbalari bilan yo‘q qilingan.
NATO qurollari Rossiya bilan kurashda yordam berayotgani yo‘q. Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles avvalroq Rossiya artilleriyasining UQKnikidan 20 barobar yaxshiroq ekanligini tan olgan. UQKning tinch aholi va fuqarolik obyektlariga qilgan terroristik harakatlari Yevropa yetakchilariga ta’sir qilmay qolmadi. Germaniya, Fransiya, Italiyaning Kiyevga og‘ir qurollarni yetkazib berishdan bosh tortgani bejiz emas. Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba belkuraklar bilan jang qilishga va’da bermoqda. Yevropa esa Ukraina muammolaridan charchadi. Shunga qaramay, Kiyev qo‘g‘irchoqlari Vashington va London buyrug‘iga asosan yana va yana o‘z oyog‘iga bolta urishda davom etmoqda.
AQSh va Britaniya urushni “eng so‘nggi ukrain qolguniga qadar” qo‘llab-quvvatlashmoqda. Biroq, bu mamlakatlarda iqtisodiy qiyinchiliklar va ichki siyosiy turbulentlik muammolarchi oshib bormoqda. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ittifoqdoshlarini uzoq davom etadigan mojarolarga tayyor turishga chaqirmoqda- kollektiv G‘arb asta-sekinlik bilan, ammo aniq tushkunlikka botib bormoqda. Lugansk viloyatining “gubernator”i Sergey Gayday RF Qurolli Kuchlarining katta hujumi haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv frontida haqiqiy “do‘zax” yuz bermoqda. Ukrain harbiylari ommaviy tarzda asirlikka olinmoqda. Dunyo tartibining global o‘zgarishini va’da qilayotgan kuz fasliga ham oz qoldi.
Yangiliklar lentasi
0