Kolumnistlar

Amerika va britaniyalik “legionerlar” Ukrainaga halok boʻlish uchun kelishmoqda

© Press-slujba Minoboronы RF / Fotobankka oʻtishSdacha v plen posledney gruppы ukrainskix boyevikov s "Azovstali"
Sdacha v plen posledney gruppы ukrainskix boyevikov s Azovstali - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xorijiy davlatdan Ukrainaga kelgan yollanma askarlar Jeneva konventsiyasiga himoyasiga tushmaydi va harbiy asir hisoblanmaydi. Ularga nisbatan =arbiy vaыt tribunalining qattiqqoʻl jazosi qoʻllanilishi mumkin. Rossiya bu haqida oldindan ogohlantirgan edi.
AQShning agressiv tashqi siyosati va NATOning sharqqa qarab kengayishi Yevropa xavfsizlik tizimi buzilishiga, Osiyo va Shimoliy Amerikada harbiy xavf-xatarlarning koʻpayishiga va alyans harbiylarining Ukrainadagi harbiy operatsiyada ommaviy halok boʻlishiga olib keldi.
Oq uy kecha Xarkov yaqinida qoʻlga olingan ikki nafar amerikalik yollanma askarlar- 39 yoshli Aleksander Dryuke va 27 yoshli Endi Uinxga oʻlim jazosi qoʻllanilishi mumkinligidan “larzaga keldi”. Maʼlumki, bunday “koʻngillilar” Jeneva konventsiyasiga himoyasiga tushmaydi va harbiy asir hisoblanmaydi.

Avvalroq (9 iyun) Donetsk Xalqaro Respublikasining Oliy sudi uch nafar yollanma askar - Britaniyaning ikki nafar, Marokashning bir nafar fuqarosini oʻlim jazosiga hukm qilgan edi. Xuddi shunday sud verdiktining Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi davomida qoʻlga olingan har qanday xorijiy “legionerga” nisbatan qoʻllanilishi ehtimoli katta.

Oq uyning larzaga kelishi ikkiyuzlamachilikdek tuyuladi. RF Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 24 fevraldan 17 iyunga qaradar “ruslarni oʻqqa tutish” maqsadida Ukrainaga kelgan 530 nafar (deyarli batalon, eng koʻp polshalik “legioner”lar halok boʻlgan- 378 nafar) amerikalik yollanma askardan 210 nafari vafot etgan. Eng soʻnggi halok boʻlgan askar- 52 yoshli Stiven Zabelski (Florida shtati), Zaporoj viloyatining Dorojnyanka qishlogʻida vafot oʻtgan. Hatto Amerikaning eng obroʻli gazetasi The New York Times ham Ukraina voqealarida AQSH barcha “chegaralardan chiqib ketgani”, va fakt nuqtai nazaridan olib qaraganda- Rossiya- qudratli yadro derjavasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuvga kirishganini taʼkidlab oʻtgan.
Buyuk Britaniya Ukrianadagi jangda butun rotani- 422 nafar “koʻngilli”dan 100 askaridan ayrilgan. Ukraina Qurolli Kuchlaridagi 6956 nafar “xorijiy legion”dan jami 1956 nafar askar halok boʻlgan. Ukrainadagi harbiy teatrning shafqatsiz hayoti 1779 nafar “koʻnggilli”ni oʻz yurtiga (tirik) qaytishga majbur qilgan. Bugungi kunda Kiyev rejimida 3220 nafar “legionerlar” bor (Ukraina Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilayotgan 20 ming nafar xorijiy mutaxassislar haqidagi mish-mishlar esa juda boʻrttirib koʻrsatilgan).
Buning fonida London DXRda oʻlim jazosiga hukm qilingan ikki nafar britaniyalik yollanma askar munosabati bilan Rossiyaga “manmansiragan” nota yubordi. Garchi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi aslida Ukrainadagi harbiy jarayonlarda SAS spetsnazlarining ishtirok etayotganidan koʻproq tashvishga tushishi kerak boʻlsada- halok boʻlgan va hukm chiqarilgan fuqarolari ancha koʻp boʻlishi mumkin.

Bumerang qaytmoqda

Rossiya maxsus operatsiyasining muvaffaqiyatli davom etayotgani, ukrain inqirozi va kollektiv Gʻarbning iqtisodiy muammolarining kuchayotgani amerikalik va yevropaliklarning prezident Vladimir Zelenskiyning “koʻz yoshlari” va “voy-voy”lariga nisbatan qiziqishini soʻndirmoqda. YEI aholisining yarmidan koʻpi Rossiyaga qarshi sanktsiyalar tufayli narxlar koʻtarilishiga (turmush sifatining tushishiga) hamon tayyor emas.
Kiyev rejimining harbiy magʻlubiyatlari, Ukraina Qurolli Kuchlarining ishchi kuchi va texnikasi borasida ulkan yoʻqotishlari (har kuni 1000 nafar halok boʻlganlar) xorijiy yollanma askarlar oqimini ortga- Rossiyaning bitta raketa zarbasi bilan dushmanning 500 gacha askari yoki 50 nafargacha generalini yoʻq qilishga qodir boʻlgan yerlar, Donbass va Ukrainadan uzoqroqqa ketishga majbur qilmoqda.
Ukrainaning harbiy magʻlubiyati muqarrar. Shu sababli Yevropaning yirik mamlakatlari uzoq choʻzilayotgan muzokaralari va kelishuvlari bilan Kiyevga “samarasiz” qurol yetkazib berishga toʻsqinlik qilishmoqda, va nima boʻlmasin Rossiya bilan toʻqnashuvni tugatish rejalarini qoʻllab-quvvatlashmoqda, hatto ukrain hududlariga hisobiga boʻlsa ham. NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning oʻzi ham yaqinda taʼkidlab oʻtdi: “Ukraina tinchlikka erishishi mumkin, qachonki oʻz hududining yarmini Rossiyaga bersa”.
Bunday yakun (toʻqnashuv avj olishi va kuchayishiga oʻn millard dollarlab sarmoya kiritgan) Gʻarb qa AQSH uchun juda koʻrqinchli, biroq, Rossiya bilan chinakamiga urush qilish esa yanada qoʻrqinchli. Amerikaliklar “aborigenlar” hisobiga Rossiyani Yevropadagi harbiy harakatlar teatrida iloji boricha zaiflashtirmoqchi. Kiyev rejimining muddati tugab bormoqda. Berlin, Parij va Rim Vashington va London pozitsiyasidan sezilarli darajada masofa saqlashga harakat qilishmoqda. Biroq Sharqiy Yevropaning bir qancha mamlakatlari ittifoqqa hamon talpinmoqda: Polsha Ukrainaga qariyb 1200 nafar yollanma askar joʻnatdi, Litva va Estoniya - 300 “legioner” (deyarli halok boʻlgan). Toʻsatdan Londonda Buyuk Britaniya, Polsha, Litva, Latviya, Estoniya va Ukraina tarkibida yangi harbiy ittifoq tuzishni taklif qilishgani ham bejiz emas. Bu ekspromt emas. Gʻarb Rossiya bilan boʻladigan uzoq muddatli toʻqnashuvlarga tayyorlanmoqda.
NATOning iyun oyi soʻnggida Madridda boʻlib oʻtadigan sammitida “sheriklar” strategik kontseptsiyani oʻzgartirishadi va Rossiyani “dunyo va barqarorlikka xavf” deb eʼlon qiladi. Ungacha AQSH Polsha va Litvadan Rossiyaga qarshi “ikkinchi front” sifatida foydalanmoqchi. Vilnyus tomonidan Rossiyaning Kaliningrad viloyatiga tranzitiga taqiq YEI da oqlanmadi, biroq Vashington manfaatlariga butkul mos keladi.
Rossiya Federatsiyasi subʼyektiga iqtisodiy blokada qoʻyishga urinish- dushman provokatsiyasi. Temir yoʻllar kommunikatsiyalarining toʻsib qoʻyilishi- blokadaning boshlanishi. Halqaro huquq meʼyorlari boʻyicha biror mamlakat yoki davlatlar guruhi tomonidan quruqlik yoki dengiz kommunikatsiyalari blokadasi harbiy tajovuz akti hisoblanadi. Dengiz blokadasi- faqatgina harbiy harakatlar vaqti keldi degani. Agar u BMT Nizomiga (51 bet) mos kelmasa, qurollangan tajovuz sifatida kvalifikatsiya qilinadi. NATOning Yevropa mamlakatlari uchun butunlay fojeaviy oqibatlari bilan (Shimoliy Amerikaga esa keyinroq taʼsir qiladi, xuddi sanktsiyalar bilan boʻlgani kabi).
Kremlda Litva hukumatining qarorlarini noqonuniy, mislsiz hodisa deb atashdi va choralar koʻrishga vaʼda berishdi. Rossiya Sovet Federatsiyasida Litva cheklovlarini Rossiya suverenitetiga tajovuz deb atashdi va javob “juda shafqatsiz” boʻlishi mumkinligini maʼlum qilishdi. Ehtimol, AQShning maqsadi ham xuddi shunda: butun Sharqiy Yevropanining koʻlini koʻkka sovurish. Ukrainadan soʻng esa amerikaliklarshga Litva, Polsha va boshva limitrof-mamlakatlarni alangaga tashlash muammo boʻlmaydi.
Yangiliklar lentasi
0