https://oz.sputniknews-uz.com/20220623/ozbekiston-zilziladan-jabrlangan-afgon-xalqiga-yordam-korsatadi--tiv-25567516.html
Oʻzbekiston zilziladan jabrlangan afgʻon xalqiga yordam koʻrsatadi – TIV
Oʻzbekiston zilziladan jabrlangan afgʻon xalqiga yordam koʻrsatadi – TIV
Oʻzbekiston TIV Afgʻonistonda mingdan ortiq kishining halok boʻlishiga olib kelgan zilziladan soʻng qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. 23.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-23T10:22+0500
2022-06-23T10:22+0500
2022-06-23T10:22+0500
jamiyat
afgʻoniston
zilzila
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/16/25541031_0:109:3255:1939_1920x0_80_0_0_094cffad9f8f87bbd3d34d7a0a4b0fd1.jpg
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻonistondagi zilzila oqibatlarini tezroq bartaraf etishda birodar afgʻon xalqiga yordam berishga tayyor. Bu haqda kecha, 22 iyun kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda keltirilgan.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston hukumati tabiiy ofatning fojiali oqibatlarini imkon qadar tez bartaraf etishda birodar Afgʻoniston xalqiga har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyor.Maʼlumot uchun, kecha Toshkent vaqti bilan 01:55 atrofida Afgʻonistonda zilzila sodir boʻldi va uning kuchi Oʻzbekistonning toʻrtta viloyatida ham sezildi.Afgʻonistonning sharqiy qismida yuz bergan zilzila oqibatida avvaliga 255 kishi halok boʻlgani, kamida 150 kishi jarohat olgani haqida maʼlum qilindi. Keyinchalik esa zilzila qurbonlari soni 1500 nafarga yetdi, 2000 dan ortiq kishi jarohat olgan. Qurbonlarning koʻpchiligi – mamlakat sharqidagi Paktika viloyatida qayd etilgan, birgina Rayan tumanida 200 dan ortiq kishining jasadi topilgan.Mamlakatni boshqarayotgan “Tolibon”* FVV rahbari oʻrinbosari Sharafuddin Muslimning maʼlum qilishicha, Paktika, Xoʻst va Nangarhorda halok boʻlganlarning oilalari hukumatdan 100 ming afgʻoniy (1,1 ming dollar), jabrlanganlarning oilalari esa 50 ming afgʻoniy (550 dollar) oladi.*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/16/25541031_261:0:2992:2048_1920x0_80_0_0_3f393100330e52867cd1f7d4ebc04cb6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
afgʻoniston, zilzila
Oʻzbekiston zilziladan jabrlangan afgʻon xalqiga yordam koʻrsatadi – TIV
Oʻzbekiston TIV Afgʻonistonda mingdan ortiq kishining halok boʻlishiga olib kelgan zilziladan soʻng qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻonistondagi zilzila oqibatlarini tezroq bartaraf etishda birodar afgʻon xalqiga yordam berishga tayyor. Bu haqda kecha, 22 iyun kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda keltirilgan.
“Afgʻonistonning Paktika va Xost provintsiyalarida roʻy bergan zilzila oqibatida koʻplab insonlarning qurbon boʻlgani va jarohatlangani, shuningdek, jiddiy vayrongarchiliklar kelib chiqqani haqidagi xabarlar Oʻzbekistonda chuqur qaygʻu bilan qabul qilindi. Halok boʻlganlarning oilalariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston hukumati tabiiy ofatning fojiali oqibatlarini imkon qadar tez bartaraf etishda birodar Afgʻoniston xalqiga har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyor.
Maʼlumot uchun, kecha Toshkent vaqti bilan 01:55 atrofida Afgʻonistonda zilzila sodir boʻldi va uning kuchi Oʻzbekistonning toʻrtta viloyatida ham
sezildi.Afgʻonistonning sharqiy qismida yuz bergan zilzila oqibatida avvaliga 255 kishi halok boʻlgani, kamida 150 kishi jarohat olgani haqida maʼlum qilindi. Keyinchalik esa zilzila qurbonlari soni 1500 nafarga yetdi, 2000 dan ortiq kishi jarohat olgan. Qurbonlarning koʻpchiligi – mamlakat sharqidagi Paktika viloyatida qayd etilgan, birgina Rayan tumanida 200 dan ortiq kishining jasadi topilgan.
Mamlakatni boshqarayotgan “Tolibon”* FVV rahbari oʻrinbosari Sharafuddin Muslimning maʼlum qilishicha, Paktika, Xoʻst va Nangarhorda halok boʻlganlarning oilalari hukumatdan 100 ming afgʻoniy (1,1 ming dollar), jabrlanganlarning oilalari esa 50 ming afgʻoniy (550 dollar) oladi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.