https://sputniknews-uz.com/20220623/ozbekistonda-rossiyaning-pasport-viza-xizmati-korxonasi-akkreditatsiyadan-otdi-25573113.html
Oʻzbekistonda Rossiyaning “Pasport-viza xizmati” korxonasi akkreditatsiyadan oʻtdi
Oʻzbekistonda Rossiyaning “Pasport-viza xizmati” korxonasi akkreditatsiyadan oʻtdi
“Pasport-viza xizmati” korxonasi Oʻzbekiston fuqarolari uchun turli xizmatlar, xususan, konsalting va axborot xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish niyatida. 23.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-23T13:48+0500
2022-06-23T13:48+0500
2022-06-23T13:48+0500
jamiyat
migrantlar
rossiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/17/25576405_0:0:705:398_1920x0_80_0_0_fdd6fd265003d8492fab8fbb242715bd.jpg
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda Rossiya IIVning “Pasport-viza xizmati” korxonasi vakolatxonasi akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Bu haqda “Dunyo”AA xabar berdi.Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamentida “Pasport-viza xizmati” federal davlat unitar korxonasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi maslahatchisi Oleg Kostyuk bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.Unda korxona vakiliga ushbu tashkilot TIV huzurida rasmiy akkreditatsiyadan oʻtgani haqidagi sertifikat topshirildi.Aytilishicha, ayni paytda Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Pasport-viza xizmati” korxonasi bilan mamlakatdan Rossiyaga 10 ming quruvchini ishga jalb qilish boʻyicha “pilot loyiha” doirasida hamkorlik qilmoqda.“Pilot loyiha” mehnat migrantlarining Rossiyaga kirish mexanizmini optimallashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, fuqarolarning Rossiya hududiga borishi uchun zarur boʻlgan protseduralarni oʻtkazishga qaratilgan.Barcha zarur tibbiy va huquqiy protseduralar, shuningdek, jalb etilgan oʻzbekistonlik mutaxassislarning malaka tekshiruvlari Toshkentda amalga oshiriladi.Maʼlumot uchun, “Pasport-viza xizmati” davlat unitar korxonasining asosiy faoliyati jismoniy va yuridik shaxslarga migratsiya sohasida axborot va konsalting xizmatlarini koʻrsatishdan iborat. Shuningdek, u IIVga taqdim etilgan arizalar va boshqa hujjatlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarni taqdim etadigan yagona tuzilma hisoblanadi.Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaga yuborish boʻyicha pilot loyihasi boshlangandi.Fevral oyida Rossiya hukumati oʻzbekistonliklarni mamlakatga ishlashga jalb qilish boʻyicha pilot loyihasini kengaytirishi maʼlum qilingan edi. Unga koʻra, Oʻzbekistonning 10 ming nafar fuqarosini qurilish sohasiga, 1 108 nafarini qishloq xoʻjaligiga jalb etish rejalashtirilgan.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/17/25576405_14:0:681:500_1920x0_80_0_0_094acd9b07d45cbdbd7f775eafc72512.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
migrantlar, rossiya
Oʻzbekistonda Rossiyaning “Pasport-viza xizmati” korxonasi akkreditatsiyadan oʻtdi
“Pasport-viza xizmati” korxonasi Oʻzbekiston fuqarolari uchun turli xizmatlar, xususan, konsalting va axborot xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish niyatida.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda Rossiya IIVning “Pasport-viza xizmati” korxonasi vakolatxonasi akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Bu haqda “Dunyo”AA xabar
berdi. Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamentida “Pasport-viza xizmati” federal davlat unitar korxonasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi maslahatchisi Oleg Kostyuk bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda korxona vakiliga ushbu tashkilot TIV huzurida rasmiy akkreditatsiyadan oʻtgani haqidagi sertifikat topshirildi.
Aytilishicha, ayni paytda Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Pasport-viza xizmati” korxonasi bilan mamlakatdan Rossiyaga 10 ming quruvchini ishga jalb qilish boʻyicha “pilot loyiha” doirasida hamkorlik qilmoqda.
Oleg Kostyukning soʻzlariga koʻra, vakolatxona nafaqat “pilot loyiha” doirasida faol ishtirok etadi, balki fuqarolar uchun turli xizmatlar, xususan, konsalting va axborot xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish niyatida.
“Pilot loyiha” mehnat migrantlarining Rossiyaga kirish mexanizmini optimallashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, fuqarolarning Rossiya hududiga borishi uchun zarur boʻlgan protseduralarni oʻtkazishga qaratilgan.
Barcha zarur tibbiy va huquqiy protseduralar, shuningdek, jalb etilgan oʻzbekistonlik mutaxassislarning malaka tekshiruvlari Toshkentda amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, “Pasport-viza xizmati” davlat unitar korxonasining asosiy faoliyati jismoniy va yuridik shaxslarga migratsiya sohasida axborot va konsalting xizmatlarini koʻrsatishdan iborat. Shuningdek, u IIVga taqdim etilgan arizalar va boshqa hujjatlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarni taqdim etadigan yagona tuzilma hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaga yuborish boʻyicha pilot loyihasi boshlangandi.
Fevral oyida Rossiya hukumati oʻzbekistonliklarni mamlakatga ishlashga jalb qilish boʻyicha pilot loyihasini kengaytirishi maʼlum qilingan
edi. Unga koʻra, Oʻzbekistonning 10 ming nafar fuqarosini qurilish sohasiga, 1 108 nafarini qishloq xoʻjaligiga jalb etish rejalashtirilgan.