Jamiyat

Termizda xalqaro transport xabi tashkil etildi - prezident qarori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Markaz gumanitar yordam koʻrsatayotgan manfaatdor xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillariga zarur shart-sharoitlar yaratib beradi.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Termizda Afgʻoniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha xalqaro koʻp funktsiyali transport—logistika xabi tashkil qilindi. Bu haqida prezidentning "Xalqaro koʻp funktsiyali transport-logistika xabini tashkil etish toʻgʻrisidagi" 288-sonli qarori qabul qilindi.
Transport-logistika xabi - BMT, xorijiy davlatlar va tashkilotlar tomonidan Afgʻoniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordamni tizimli va markazlashgan ravishda yetkazish maqsadida tashkil qilingan, - deyilgan qaror matnida.
Shuningdek qarorda quyidagilar belgilangan:
“Termiz Cargo Centre” MCHJga xalqaro xab maqomi beriladi;
Bu yerda xalqaro tashkilot vakillari uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi;
Havo, temiryoʻl va avtomobil transporti orqali yuborilayotgan yuklar qabul qilib olinadi, saqlanadi va joʻnatiladi;
Yuklarni yuklash-tushirish, tashish, saqlash xizmatlari koʻrsatiladi;
Sanitariya-gigiyena qoida va normativlyariga rioya qilish taʼminlanadi;
Xalqaro xab hududida: bojxona, soliq, sertifikatlash, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank xizmatlari, valyuta ayirboshlash, mobil aloqa, mehmonxona va tibbiy xizmatlar - “yagona darcha” tamoyili boʻyicha interaktiv shakldja yoʻlga qoʻyiladi;
Afgʻonistonga olib borilayotgan gumanitar yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan va ustuvor tartibda oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, Termiz shahri orqali Afgʻonistonga yuklarni yuklarni ham temiryoʻl, ham avtomobil ham aviatsiya transporti orqali yetkazib berish imkoniyat mavjud. Oʻzbekiston shu kunga qadar qoʻshni Afgʻonistonga minglab tonni insonparvarlik yordami hamda boshqa zarur mahsulotlarni uzuluksiz yetkazib berib kelmoqda va shu bilan birga xalqaro hamjamiyat eʼtiborini qoʻshni davlatdagi ogʻir gumanitar vaziyatga qaratishga harakat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0