Jamiyat

“Toʻpolang” suv omboridan suv chiqishi sababi maʼlum boʻldi

© "Oʻzbekgidroenergo"Plotina vodoxraniliщa "Tupolang"
Plotina vodoxraniliщa Tupolang  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Suv omborida hech qanday muammo yoʻq" - 22 iyun kuni sodir boʻlgan voqea yuzasida mutaxassislar izoh berishdi.
TOSHKENT, 23 iyun – Sputnik. “Toʻpolang” suv omborida 22 iyun kuni kuzatilgan hodisaga "Oʻzbekgidroenergo" AJ Axborot xizmati rahbari Ravshan Baykulov Sputnik muxbiriga quyidagilarni maʼlum qildi.
Baykulov aytishiga koʻra, suv omoborida yangi ishga tushirilayotgan GES quvurlaridan birida suv miqdori avtomatik ravishda boshqarilmay qolgan va kanalga oqizilgan.
“Suv omborida yangi ishga tushirilayotgan GESning modernizatsiya vaqtida suv quvuridagi bosim ortgan. Sekundiga 40 tonna oqayotgan suv avtomatik ravishda boshqarilmay qolgan va suv kanalga oqqan. Kanaldagi sigʻim esa sekundiga 160 tonna suvni ham bemalol oqiza oladi. Odamlar vaziyatdan foydalanib, kanalda oqayotgan suvlarni videoga olib, vahimali, notoʻgʻri axborot tarqatishgan. Suv omborida hech qanday muammo yoʻq”, - deydi Baykulov.
© "Oʻzbekgidroenergo"Plotina vodoxraniliщa "Tupolang"
Plotina vodoxraniliщa Tupolang  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2022
Plotina vodoxraniliщa "Tupolang"
Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzilaning taʼsiri bormi ?
Ushbu savolga mutaxassis "Oʻzbekgidroenergo" AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi boshligʻi Nodir Artikbayev javob berdi.

“Afgʻoniston janubi-sharqidagi Paktika va Xost viloyatlarida sodir boʻlgan zilzilaning Toʻpolang suv omboriga umuman taʼsiri yoʻq. Bu borada, suv ombori mutlaqo xavfsiz. Mazkur zilzilaning Oʻzbekistonga, bevosita Surxondaryo viloyatiga sezilish kuchi taxminan 3 ball (281 km) ni tashkil etgan”, - deydi Artikbayev.

Mutaxassis suv omborining kuchli zilzilalarga bardoshliligi 8 ballga teng boʻlib, mustahkam gidroinshoot ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek mutaxassis “Toʻpalang” suv omborining loyiha quvvati 500 mln. m/kub ekanini va bugungi kunda undagi suv hajmi 378,87 mln. m.kubni tashkil etayotganini ham aytib oʻtdi.
Suv omborining rejaviy suv tashlamasi 70 m/kub/sekund, lekin 2022 yil 22 iyun kuni 110 m/kub/sekundni tashkil etgan.
© "Oʻzbekgidroenergo"Plotina vodoxraniliщa "Tupolang"
Plotina vodoxraniliщa Tupolang  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2022
Plotina vodoxraniliщa "Tupolang"
Aholini axvfli vaziyatlardan ogohlantirish tizimi qanday ishlaydi?
Surxondaryo viloyati va ayniqsa suv ombori atrofida yashovchi aholisi xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toʻpolang suv omborida lokal darajasidagi xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratilgan.
Ushbu tizim doirasida quyidagilar koʻzda tutilgan:
“Toʻpolang” suv ombori toʻgʻonidan Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimigacha uzunligi 26 km boʻlgan optik tolali aloqa kabeli tortilgan,
suv ombori toʻgʻonidan 22 km masofada joylashgan aholi punktlarigacha ovozli xabar berish moslamalari orqali favqulodda vaziyat toʻgʻrisida axborot yetkazish tizimi bilan taʼminlangan.
Undan tashqari viloyat aholisiga yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida ogohlantirish uchun Surxondaryo viloyatining mahalliy darajasida xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi uzluksiz rejimda ishlaydi, - deydi mutaxassis.
© "Oʻzbekgidroenergo"Plotina vodoxraniliщa "Tupolang"
Plotina vodoxraniliщa Tupolang  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2022
Plotina vodoxraniliщa "Tupolang"
“Toʻpolang” suv omobori haqida
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi "Toʻpolang" suv ombori 1982 yilda qurib boshlangan. Suv omboriing maksimal sigʻimi 500 million kub metrni tashkil qiladi.

Suv ombori toʻgʻonining balandligi 165 metr, yana 22 metr yer ostiga poydevor qilingan, ikkalasi qoʻshilganda 187 metrni tashkil qiladi. Suv ombori eng koʻp 2019 yilda 450 mln. m.kub suv yiqqan.
Toʻgʻon boshqaruvi avtomatlashtirilgan boʻlib, xorijdan keltirilgan nazorat, oʻlchov, kuzatish moslamalari jarayonni muntazam nazorat qilib boradi. Bundan tashqari toʻgʻon oʻrtasiga ham maxsus datchiklar oʻrnatilgan boʻlib, va ular yer qimirlashi va boshqa maʼlumotlarni qayd qilib boradi. Seysmostantsiya ham zilzilaning toʻgʻonga taʼsirini kuzatib boradi. Toʻgʻonga ortiqcha suv kelgan holda uing ostidagi suv oʻtkazgichlar va kanal orqali chiqarib yuboriladi.
© Roman PostoronniyVodoxraniliщe "Tupalang"
Vodoxraniliщe Tupalang - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2022
Vodoxraniliщe "Tupalang"
Yangiliklar lentasi
0