Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina uchuvchilari AQSH va Turkiya dronlaridan koʻngli toʻlmayapti

© AFP 2022 / WILLIAM ROSADOBespilotnыy letatelnыy apparat MQ-9 Reaper (BPLA ili DRON), proletayuщiy nad ispыtatelnыm i trenirovochnыm poligonom v Nevade 14 yanvarya 2020 goda.
Bespilotnыy letatelnыy apparat MQ-9 Reaper (BPLA ili DRON), proletayuщiy nad ispыtatelnыm i trenirovochnыm poligonom v Nevade 14 yanvarya 2020 goda.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina va AQSH Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining kuchliligidan xavotirda.
TOSHKENT, 23 iyun – Sputnik. Ukrainalik uchuvchilar Amerikaning MQ-1C Gray Eagle hujumchi dronlaridan foydalanish xavfli, Turkiyaning Bayraktar TB-2 dronlari esa amalda samarasiz deb hisoblamoqda. Bu haqda “Foreign Policy” manbalarga tayanib xabar bergan.
Ismini aytishni istamagan amaldorlarga koʻra, front uchuvchilari va shtab boshligʻi oʻrtasida dronlardan foydalanish boʻyicha kelishmovchiliklar mavjud. Ukraina va AQSH rasmiylari Rossiyaning ilgʻor havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari “Gray Eagle”ni urib tushirishi mumkinligidan tobora koʻproq xavotirda.
Uchuvchilar, shuningdek, Amerika dronlarining bir yoki ikkitadan ortiq missiyadan “omon qolishi” mumkinligiga shubha qilishmoqda.
“Dushmanning havo hujumiga qarshi mudofaasi tufayli bizning holatda bunday qimmat dronlardan foydalanish juda xavflidir. Bu yer Afgʻoniston emas”, degan ukrainalik uchuvchilardan biri.
Jurnalda taʼkidlanishicha, Rossiya kuchlari havo hujumidan mudofaasini kuchaytirgani sababli, ukrainalik uchuvchilar Turkiyaning “samarasiz” boʻlib qolgan dronlaridan foydalanishni cheklab qoʻygan. Endi ular kamdan-kam maxsus operatsiyalarda va hujumlar uchun ishlatiladi.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0