Kolumnistlar

“Ukrainaning yevropalashgan yoʻli” YEIni qayerga olib boradi?

© Sputnik / Alexey Vitvitsky / Fotobankka oʻtishFlagi Ukrainы i Yevropeyskogo Soyuza
Flagi Ukrainы i Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yevroittifoq Ukrainaga nomzodlik maqomini berishga qaror qildi.
27 mamlakatning hammasi rozi boʻlishi uchun koʻp harakat qilish kerak boʻldi, garchi nomzodlik maqomi ittifoqqa aʼzo boʻlishni kafolatlamasligi aniq boʻlsada. Buning uchun Turkiyaning chorak asrlik tajribasini eslatib oʻtish kifoya. Bundan tashqari, ishonch bilan aytish mumkinki, Ukraina hech qachon YEIning bir boʻlagi boʻla olmaydi. Biroz avvalroq yevropalik boʻlgan koʻpchilik elitaga ham bu tushunarli boʻldi.
Ammo hozir ular oʻzlarini “rus tajovuziga qattiq qarshilik koʻrsatayotgan qahramon Ukraina”ni siyosiy va ruhan qoʻllab-quvvatlayotgandek tutishmoqda va nomzodlik maqomining berilishi (hatto YEIga aʼzo boʻlish uchun oʻn yillab ketishga ommaviy ishontirishga harakat qilishganda ham) toʻgʻri yoʻl boʻlishini aytishmoqda. Va Moskvaga: bu bizning potentsial hududimiz, qoching undan, bizda uning haqimiz bor degan signalni bermoqda. Aynan shu Ukrainada sodir boʻlayotganlarning asl sababi hisoblanadi- Yevropa, Gʻarbning boshqalarnikiga iddaosi.
Garchi Vladimir Putin yaqinda Peterburgda boʻlgan forumda Ukrainaga nomzod maqomini berish borasida chetlanib javob bergan boʻlsada, -yaʼni, bu bizning ishimiz emas, chunki bu harbiy blok emas- tushunarli boʻldiki, Rossiya Yevropaning Ukraina hududiga daʼvo qilishini befarq emas. Bundan tashqari Yevropa Ittifoqi va Ukraina oʻrtasida assosiatsiya shartnomasini imzolashga tayyorgarlik Ukrainaning Yevropa va Rossiya oʻrtasidagi muvozanatining sabr-kosasini toʻldirgan oxirgi tomchi boʻldi.
2013 yilning kuzida Putin Yanukovichni assosiatsiya kelishuvi imzolanishini keyingi qoldirishga ishontirdi va hammasi boshlandi: Maydan, davlat toʻntarishi, Qrim va Donbass. Darvoqe, assosiatsiya shartnomasi yangi hukumat tomonidan 2014 yil mart oyida imzolangan (iqtisodiy qismi- iyun oyida), yaʼni ular “Yevropa tanlovi”ni belgilashga shoshilishgan.
Aslida esa Ukrainani shundoq ham hech kim YEIda kutayotgani yoʻq edi - va masala u yerda uning qandaydir koʻrsatkichlarga toʻgʻri tayyor boʻlmaganida emas. Asosiy sababi bitta: Yevropa Ukraina begonaniki ekanini tushunadi. Begona tsivilizatsiya, begona geosiyosiy maydon, boz ustiga, nafaqat begona, balki begonaning bir qismi. Yaʼni, albatta Yevropa rus dunyosining bir boʻlagiga taʼsir doirasini qoʻshishga qarshi boʻlmas edi, (tarkibiga emas, bu uzoq kelajak masalasi), biroq buni Rossiya bilan munosabatlarning buzilishi, qolaversa, u bilan urush hisobiga boʻlishini istamagan. Harbiy operatsiya boshlangan toʻrt oydan buyon nimalar oʻzgardi?
Axir Yevropa Rossiyaning doim oʻziniki boʻlganlarni qaytarishga kelishiga amin boʻlmaganmi? Nahotki hozirgi ukrain davlatchiligining qarshilik koʻrsatayotgani ularning Rossiyani nafaqat propaganda yoʻli bilan, balki real xarakterda magʻlub etish ishtahasini qoʻzgʻatib yuborgan? Va Yevropa nafaqat Ukrainani hozirgi holatida saqlab qolishiga, balki uni butunlay Rossiyadan uzib olishga, Yevropa va rus olami chegaralarining oʻzgarishini mustahkamlashga qodir ekanligiga ishonganmi? Buni agar katta slavyan birodarlariga nisbatan norozi boʻlib yurgan polyaklar qilganda tushunsa boʻlar edi. Ammo qanday qilib gʻarbiy yevropaliklar, nemislar, frantsuzlar, Yevropaning sharqqa qarab kengayishi befoyda ekanini bir necha bor anglanganlar, qanday qilib bunga umid qilishlari mumkin?
Agar bu savollarni kimgadir berish mumkin boʻlganda, printsipial ahamiyatga ega boʻlar edi. Ammo, hozirgi Yevropa ularga javob bera olmaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin qitʼaning asosiy xalqi nemislar oʻzlarining geosiyosiy va mafkuraviy suverenitetini yoʻqotganda, Yevropa manfaatlar garoviga aylandi- anglo-saksonlar uning ustidan nazoratini kuchaytirdi, oʻz shakli va kuchlarini oʻzgartirdi, ammo uning kursini belgilab beradigan yagona omil boʻlib qoldi. Geosiyosiy, harbiy va mafkuraviy qaramlik Yevropaga haqiqatdan ham mustaqil tanlov qilish huquqini bermaydi, garchi Yevropa Ittifoqini yaratish boʻyicha ish ertami-kechmi eski dunyo suverenitetini davlat miqyosida emas, balki qitʼaviy darajada tiklashga olib kelishi mumkin edi.
Bunday suveren Yevropa Rossiya bilan dushman boʻlmagan, undan ham yaxshirogʻi, yaxshi qoʻshnichilik aloqalari orqali paydo boʻlishi mumkin edi. Rossiyani shunchaki eʼtiborga olmaslik, boz ustiga Yevropadan yakkalash mumkin emas. Buni barcha aqlli strateglar tushunar edi - hatto Gʻarbga gegemonistik moyilligi bor deb qaralgan Sovet Ittifoqi bilan munosabatda boʻlganlar ham. Biroq, SSSR Sharqiy Yevropa ustidan nazoratni oʻzining kommunistik maqsadlari bilan emas, balki “jamlangan Yevropa”ning halokatli hujumini qaytara olganidan soʻng olgan edi. Ittifoq parchalangandan va bizning Sharqiy Yevropadan ketganimizdan soʻng oʻzaro manfaatli munosabatlarni qurishga hech kim halaqit bermayotgan edi. Faqatgina yevropaliklarning bitta qoidaga amal qilishi bilan albatta. Tarixiy Rossiya boʻlmish SSSRning parchalanishini bizning ustimizdan oʻz gʻalabasi deb qabul qilishiga hamda Yevropa va rus dunyosi chegaralarini qayta koʻrib chiqishga nima xalaqit bergan edi? Bunga imkon bor edimi? Ha, bor edi, qachonki Yevropa mustaqil boʻlganida. Biroq, afsus Atlantika nazorati (nafaqat NATO orqali, balki YEIda Atlantikaga moyil kadrlar tufayli) milliy xotira va yevropaliklarning milliy manfaatlaridan ham ustun keldi.
Natijada YEIni Ukrainaga nisbatan oʻz iddaolarini belgilab olishga va Rossiyaning hududida mojarolar boshlashiga majbur qilishdi. Bu Yevropa-Rossiya munosabatlariga putur yetkazdi. Va buning uchun Yevropa qanday mukofot oladi? Ukrainanimi yoki uning qoldiqlarinimi? Yoʻq, Rossiya hech qachon bunga yoʻl qoʻymaydi, chunki YEIning anglo-saksonlarning Moskvaga qarshi oʻyinlarida qoʻgʻirchoq boʻlib borayotganini yaxshi tushunadi.
Ehtimol, YEI “rus tajovuzi”ga qarshi birlashib hech boʻlmaganda oʻz birligini mustahkamlar? Ammo bu birlik Rossiyadan qoʻrqish asosida uzoq tura olmaydi- qachonki gʻarbiy Yevropa mamlakatlari pasayishini boshlaganda, bizning mamlakatimiz bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilib qolishadi. ( hech qanday rusofobiya yoʻq, shunchaki biznes). Va ularga esa shu yerning oʻzida YEIning rusofob fraktsiyasi (anglo-saksonlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan) bosim oʻtkazishni boshlaydi. Ustiga-ustak nafaqat rus mavzusi boʻyicha, balki umuman yevrointegratsiya printsiplari boʻyicha bosim oʻtkazishni boshlashadi.
Va eng kerakli savol: nega Yevropa Ukrainaga iddao qilishi kerak, axir uni qoʻlga kiritish imkoniyatlari yoʻqku? Jo Bayden seshanba kuni aytishicha “qaysidir bosqichida bu kutish oʻyinlariga aylanib ketadi - yaʼni rossiyaliklar chiday olganiga, yevropaliklar chiday olmasligi mumkin”. Ammo bunda hech qanday intriga yoʻq, chunki stavkalar printsipial tarzda turlicha. Rossiya oʻziniki boʻlganlarini qaytarib olyapti, Yevropa esa birovlarning oʻyinini oʻynayapti (va buni oʻzi tushunadi ham), birovnikiga iddao ham qiladi (va bu hech qachon uniki boʻlishiga ishonmasada). Kim bu yerda koʻprogʻiga chidashga tayyor? Kim oxirigacha boradi? Agar Yevropa hozir bu savolga toʻgʻri javob berishni istamasa yoki javob bera olmasa, unda u bilan hech nima haqida gaplashishga hojat yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0