Hududlarda elektr energiyasini sotuvchi xususiy kompaniyalar tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkata MirziyoyevaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na soveshanii po voprosam transformatsii elektroenergeticheskix predpriyatiy
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na soveshanii po voprosam transformatsii elektroenergeticheskix predpriyatiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2022
Obuna bo‘lish
Energetika tizimini modernizatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun kelgusi yillarda 20 milliard dollarga yaqin investitsiya talab etiladi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Kelgusi yilda 14 ta tuman va shaharda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga muqobil tarzda, iste’molchilarga elektr energiyasini sotadigan xususiy chakana savdo kompaniyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan elektr energetikasi korxonalari faoliyatini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda energetika bozorini boshqarish bo‘yicha yangi tizim yaratish masalalari muhokama etildi.
Qayd etilganidek, energetika tizimini modernizatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun kelgusi yillarda 20 milliard dollarga yaqin investitsiya talab etiladi. Buning uchun sohada raqobatli bozorni shakllantirish va xususiy investorlarga sharoitlarni kengaytirish zarur.
“Xususiy generatsiya korxonalari ulanishi uchun teng sharoit yaratish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining elektr energiyasini yagona xarid qilish va magistral tarmoqlarni boshqarish vakolatlarini ajratish taklifi bildirildi”, deyiladi xabarda.
Bunda, yagona xarid qiluvchi kompaniya barcha elektr stansiyalaridan elektr energiyasini shartnoma asosida sotib olib, yirik korxona va hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotadi.
Magistral tarmoq operatori esa elektr energiyasini yetkazib berish, yo‘qotishlarni kamaytirish va energotizimni texnik boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumot uchun,“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati negizida elektr energiyasi ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish bo‘yicha 3 ta alohida tuzilma tashkil etilgan. 7 million iste’molchi Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanib, aholidan to‘lov undirish 100 foiz ta’minlanmoqda. Generatsiya sohasida jami 7 milliard dollarlik 19 ta quyosh, shamol va issiqlik elektr stansiyalari qurish bo‘yicha loyihalarga xorijiy investorlar jalb qilingan.
Yangiliklar lentasi
0