Jamiyat

Maktablarda rus tilini oʻrganishga qiziqish ortmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishObucheniye migrantov russkomu yazыku
Obucheniye migrantov russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda 643 ming nafar oʻquvchi rus tilini oʻrganmoqda. Respublikada jami maktab oʻquvchilari soni 6,2 millionga yaqin.
TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda rus tilini oʻrganishni maʼqul koʻradigan oʻquvchilar soni 640 mingdan koʻp. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Statqoʻmga koʻra, 2021-2022-oʻquv yili boshidan buyon 643 ming nafar oʻquvchi rus tilida bilim olmoqda. 126 ming nafar oʻquvchi esa qoraqalpoq tilini oʻrganishni maʼqul koʻrgan.

2021-2022-oʻquv yili boshida oʻrganiladigan tillar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
rus tili - 643 ming oʻquvchi;
qoraqalpoq tili - 126 ming oʻquvchi;
tojik tili – 65 ming nafar oʻquvchi;
qozoq tili – 54 ming nafar oʻquvchi;
turkman tili – 11 ming nafar oʻquvchi;
qirgʻiz tili – 8,2 ming nafar oʻquvchi;
ingliz tili – 1,5 ming nafar oʻquvchi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekiston maktablarida jami 6,2 millionga yaqin oʻquvchilar tahsil oladi.
Qayd etish kerakkai, soʻnggi yillarda Oʻzbekistondagi taʼlim muassasalarida rus tilini targʻib qilish va oʻrganish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirildi.
Xususan, 2020 yil oktyabr oyida Rossiya Taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi va rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonovning “Sanʼat, fan, sport” xayriya fondi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda rus tilini bilish darajasini oshirish maqsadida “Klass!” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolangan. Loyiha 10 yilga moʻljallangan.
Dasturni amalga oshirishda Rossiyaning Gertsen nomidagi Rus tili instituti va Oʻzbekiston oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish Instituti ishtirok etadi.
Loyiha doirasida 2021 yil sentyabr oyidan buyon Oʻzbekistondagi 150 nafar oʻqituvchi va bir necha oʻnlab metodistlar taʼlim muassasalariga yuborildi.
Bundan tashqari, A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Oʻzbekiston maktablarining milliy sinflari uchun rus tili darsliklarini tayyorlashini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0