O‘zbekistonda Omicron'ning eng yuqumli shtammi aniqlandi

© pexels.com/Polina TankilevitchChelovek, derjashiy probirki
Chelovek, derjashiy probirki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirusning eng yuqumli shtammi — “Stealth-Omicron” BA.2 varianti aniqlandi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus omikron-shtammining eng yuqumli deb aytilayotgan “Stealth-Omicron” BA.2 varianti aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.

SES rahbariga ko‘ra, Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazida virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarning 67 foizida Omicron va 33 foizida Omicron shtammining yangi mutatsiyadagi “Stealth-Omicron” BA.2 varianti topilgan.

“Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyat barqarorligi ta’minlanib kelinmoqda. Lekin o‘tgan ikki yil davomida aynan iyul-avgust oylarida kasallanish ko‘tarilganligi qayd etilgan. Shuning uchun koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash va buster dozasi bilan qayta emlash ishlarini jadallashtirish katta ahamiyatga ega”, deya qo‘shimcha qildi Bahodir Yusupaliyev.
Respublika bo‘yicha ro‘yxatga olingan bemorlar yoshma-yosh tahlil qilinganda, koronavirusga chalinganlar orasida:
14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 3−4 foizni;
15−19 yoshdagilar 2−3 foizni;
20−29 yoshdagilar 24−25 foizni;
30−39 yoshdagilar 16−17 foizni;
40−49 yoshdagilar 14−15 foizni;
50−59 yoshdagilar 9−10 foizni;
60 yosh va undan kattalar 16−17 foizni tashkil etmoqda.
Kasallik manbai surishtirilganda 35−40 foiz holatda oiladan, 15−20 foiz holatda bemor ko‘shnilari yoki qarindoshlaridan, 7−8 foiz holatda jamoat joylarida, 5−8 foiz holatda ish joyida yuqtirib olingani aniqlangan.
Bahodir Yusupaliyevning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashda qo‘llanilgan jami vaksinalar soni 57,7 million dozadan oshgan. Ulardan birinchi bosqich emlanganlar 20 million 550 ming 541 nafarni, ikkinchi bosqichda emlanganlar 16 million 856 ming 230 nafarni, uchinchi bosqich va buster doza bilan emlanganlar 20 million 355 ming 55 nafarni tashkil qilgan.
12-18 yoshdagi emlanuvchilar uchun jami 1 million 587 ming 480 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan birinchi bosqich emlanganlar 863 ming 351 nafarni, ikkinchi bosqichda emlanganlar 675 ming 766 nafarni, uchinchi bosqich va buster doza bilan emlanganlar 48 ming 363 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0