Jamiyat

“Qoʻyliq” bozori oʻrnida yangi transport bogʻlamasi quriladi

© Xokimiyat g. TashkentaVizualizatsiya novoy transportnoy razvyazki okolo rыnka "Kuylyuk" v Tashkente
Vizualizatsiya novoy transportnoy razvyazki okolo rыnka Kuylyuk v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu hududdagi qurilish va dehqon bozori mulkdorlariga oʻrnatilgan tartibda kompensatsiya beriladi.
TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Toshkentdagi “Qoʻyliq” dehqon bozori va “Qoʻyliq” universal savdo majmuasi obʼyektlari joylashgan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyiladi. Bu boʻyicha Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori qabul qilindi.
Aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi maxsus farmoyishi bilan Fargʻona yoʻli koʻchasini Bektemir shossesi bilan bogʻlovchi Toshkent halqa avtomobil yoʻliga kirish va chiqish imkonini beruvchi yordamchi yoʻl oʻtkazgichlar qurish taklifiga rozilik berildi.
Ushbu hududdagi qurilish va dehqon bozori mulkdorlariga oʻrnatilgan tartibda kompensatsiya beriladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Toshkentda yangi transport bogʻlamasi qurilishi munosabati bilan Qoʻyliq bozori boshqa joyga koʻchirilishi maʼlum qilingan edi. Dehqon bozori va unga tutash boʻlgan ulgurji savdo maydoni joylashgan manzilda yoʻl kengayishi va koʻprik qurilishi ishlari rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0