https://sputniknews-uz.com/20220624/shavkat-mirziyoev-brics-sammitida-nutq-sozlaydi-25598720.html
Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida nutq soʻzlaydi
Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida nutq soʻzlaydi
Tadbirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasining davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya... 24.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-24T09:57+0500
2022-06-24T09:57+0500
2022-06-24T10:12+0500
siyosat
prezident
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/18/25600590_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_7f5c9dc399a5b1ed83155a721781bef8.jpg
TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan bugun, “BRIKS plyus” formatidagi Global rivojlanish masalalari boʻyicha yuqori darajali muloqotda ishtirok etadi.Xitoy tomonining raisligida onlayn shaklda oʻtkaziladigan tadbirda BRIKS guruhi mamlakatlari – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasining davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya, Misr, Eron, Qozogʻiston rahbarlari ham ishtiro etadi.Jami 18 ta mamlakat delegatsiyalari qatnashishi kutilmoqda.Forum davomida 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish borasidagi global sheriklikni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqiladi.Oʻzbekiston prezidenti oʻz nutqida Barqaror rivojlanish maqsadlariga birgalikda erishishda keng xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtadi.Maʼlumot uchun, yangi “BRIKS plyus” formati BRIKS guruhiga aʼzo davlatlarning boshqa yetakchi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli va koʻp qirrali hamkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan.Forum oʻzaro savdo va investitsiyalarni ilgari surish, ilgʻor texnologiyalar va bilimlarni transfer qilish, kooperatsiya aloqalarini va transport-kommunikatsiya bogʻliqligini rivojlantirish, xavfsizlik sohasida konstruktiv muloqotni mustahkamlashda katta oʻrin tutadi.BRIKS mamlakatlarida 3 mlrdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ularning hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 25 foizga yaqini, global savdoning qariyb 20 foizi va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning 25 foizi toʻgʻri keladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/18/25600590_0:0:1440:1080_1920x0_80_0_0_11ef4cb73168a7cc0a2904c2082b5a3b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
prezident
Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida nutq soʻzlaydi
09:57 24.06.2022 (yangilandi: 10:12 24.06.2022) Tadbirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasining davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya, Misr, Eron, Qozogʻiston rahbarlari ham ishtiro etadi.
TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan bugun, “BRIKS plyus” formatidagi Global rivojlanish masalalari boʻyicha yuqori darajali muloqotda ishtirok
etadi. Xitoy tomonining raisligida onlayn shaklda oʻtkaziladigan tadbirda BRIKS guruhi mamlakatlari – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasining davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya, Misr, Eron, Qozogʻiston rahbarlari ham ishtiro etadi.
Jami 18 ta mamlakat delegatsiyalari qatnashishi kutilmoqda.
Forum davomida 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish borasidagi global sheriklikni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqiladi.
“Eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport va logistika, gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi”, deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston prezidenti oʻz nutqida Barqaror rivojlanish maqsadlariga birgalikda erishishda keng xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, yangi “BRIKS plyus” formati BRIKS guruhiga aʼzo davlatlarning boshqa yetakchi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli va koʻp qirrali hamkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan.
Forum oʻzaro savdo va investitsiyalarni ilgari surish, ilgʻor texnologiyalar va bilimlarni transfer qilish, kooperatsiya aloqalarini va transport-kommunikatsiya bogʻliqligini rivojlantirish, xavfsizlik sohasida konstruktiv muloqotni mustahkamlashda katta oʻrin tutadi.
BRIKS mamlakatlarida 3 mlrdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ularning hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 25 foizga yaqini, global savdoning qariyb 20 foizi va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning 25 foizi toʻgʻri keladi.