Dunyoda

Xitoyda blogerlarga tibbiyot va huquq masalalarida gapirish taqiqlandi

© Sputnik / Denis Abramov / Fotobankka oʻtishDevushka fotografiruyet kota na odnoy iz ulits v Jeleznovodske
Devushka fotografiruyet kota na odnoy iz ulits v Jeleznovodske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Soʻnggi 16 oy ichida Xitoy hukumati onlayn kontentni tartibga solishni kuchaytirgan va foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha cheklovlar joriy etgan.
TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Xitoyda blogerlar, strimerlar va boshqa fikr yetakchilariga zarur maʼlumotga ega boʻlmasdan turib tibbiyot va huquqshunoslik mavzularida gapirish taqiqlandi. Bu haqda CNBC xabar berdi.
Yangi qoidalarga koʻra, inflyuyenserlar oʻzlari translatsiya olib borayotgan platformada malakasini tasdiqlashi shart boʻladi. Onlayn-strimlar maydonchalari administratorlari esa ixtisoslashtirilgan kontent mualliflarining malakasini tekshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Soʻnggi 16 oy ichida Xitoy hukumati onlayn kontentni tartibga solishni kuchaytirgan va foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha cheklovlar joriy etgan. Xususan, 16 yoshdan kichik boʻlgan bolalarga soat 22:00 dan soʻng strimlarni tomosha qilish taqiqlandi.
Translatsiya mualliflariga hashamatli narsalar va shohona yashash tarzini namoyish etish, shuningdek, shahvoniy va provokatsion mohiyatga ega kontent tayyorlash taqiqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0