Madaniyat

Kontslagerda omon qolgan toshkentlik bokschi haqida film suratga olindi

© Media Park ProductionIvan Fominov v roli Andreya Borzenko v filme "Borzenko: Ring za kolyuchey provolokoy"
Ivan Fominov v roli Andreya Borzenko v filme Borzenko: Ring za kolyuchey provolokoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yaqinda Moskvada urush qahramoni, toshkentlik bokschi Andrey Borzenkoga bagʻishlangan hujjatli film premyerasi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. Boks boʻyicha Oʻzbekiston SSR chempioni, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va Buxenvald kontslagerida omon qolgan toshkentlik Andrey Borzenko yodga olindi. “Borzenko- tikan simlar orasidagi ring”- atoqli bokschi haqidagi hujjatli film premyerasi avval Toshkentda, keyin esa 22 iyun kuni Moskvadagi “Muzeon”da tashkil etildi.

Andrey Andreyevich Borzenko

1920 yilda tugʻilgan. Bolaligidan boksga qiziqqan. Sportchining murabbiyi oʻzbek boks maktabi asoschisi Sidney Jakson edi. 1938-1939 yillarda Borzenko boks boʻyicha Oʻzbekiston SSR chempioni boʻldi.
© Media Park ProductionIvan Fominov v roli Andreya Borzenko v filme "Borzenko: Ring za kolyuchey provolokoy"
Ivan Fominov v roli Andreya Borzenko v filme Borzenko: Ring za kolyuchey provolokoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
Ivan Fominov v roli Andreya Borzenko v filme "Borzenko: Ring za kolyuchey provolokoy"
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, artilleriyachi. 1941 yil sentyabr oyida Dnepr qirgʻogʻidagi janglarda asirga tushgan. Ikki marotaba qochishga harakat qilgan. Buning uchun esa uni Germaniyadagi eng yirik kontslagerlardan biri Buxenvaldga joʻnatishgan. 1937 yildan 1945 yillarda u yerda 56 mingdan ortiq mahbus halok boʻlgan. Odamlar qiynoqlar, ochlik, kasallik, jazolar va ular ustidan oʻtkazilgan tibbiy tajribalar tufayli halok boʻlishgan.
Andrey Borzenko omon qolgan. Garchi uni kontslager maʼmuriyati harbiy asirlar va mahalliy jinoyatchilar bilan bellashishga majbur qilishsada. Bunday bellashuvlarni natsistlar oʻz koʻngilxushligi uchun tashkillashtirishgan va “Xalqaro skeletlar birinchiligi” deb nomlashgan. Biroq Andrey Borzenko odatiy boʻlib qolgan holni oʻzgartirgan- 80 dan ortiq jangda gʻolib boʻlib chiqqan.
Urushdan soʻng Borzenko ona shahri Toshkentga keldi va shu yerda jarrohlik boʻyicha tahsil oldi. Keyinchalik yozuvchi Georgiy Sviridov Andrey Borzenko qahramonligi haqida oʻzining “Tikan simlar orasidagi ring” nomli kitobida yozib oʻtgan. Asar Borzenkoning xotiralari asosida yaratilgan. Rossiyalik kinoprodyuser Yelena Geladze undan ilhomlanib hujjatli film suratga olishga qaror qildi.
© SputnikPremyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Premyera filma Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
Premyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Sputnik muxbiri ushbu film prodyuseri Yelena Geladze bilan suhbat qildi.
“Yaqin doʻstim va hamproyuserim Sergey Repeynikov menga “Tikan simlar orasidagi ring” nomli ajoyib kitobni oʻqishni tavsiya qildi. Ikki kunda uni oʻqib chiqdim va Andrey Borzenkoning irodaliligidan hayratga tushdim. Kitobni oʻqib boʻlgandan soʻng bu inson hozir qayerda ekanligi haqida maʼlumotlar yigʻa boshladim”,- deydi Geladze.
Proyuserning aytishicha, Oʻzbekiston Sport vazirlishi koʻmagi bilan bokserni topishga muvaffaq boʻlishgan. Sportchining qarindoshlari ruxsati bilan film ijodkorlari bokschi bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar va materiallarni qidirishgan va hatto Borzenkoning maktabda oʻqib yurgan kezlaridayoq tutib kelgan kundaligini topib olishgan.
© SputnikPremyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Premyera filma Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
Premyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
“Kundalikni topib olganimiz biz uchun eng katta hodisa boʻldi. Natijada filmni sportchining kundaligi asosida yaratishga qaror qildik”, - deydi prodyuser.
Prodyuserning fikrlariga koʻra, aynan Oʻzbekistondagi hayot Andrey Borzenkoga kontslagerdan omon qaytishiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
© SputnikPremyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Premyera filma Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
Premyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
“Borzenkoning Oʻzbekistonga muhabbati baland boʻlgan. Urushdan soʻng unga hatto Yevropada qolishni taklif qilishadi, ammo u Vataniga qaytib keladi. Deyarli butun hayotini Toshkent shahrida yashab oʻtadi. Uning farzandlari ham Toshkentda istiqomat qilishadi. Menimcha, Toshkent bokschi uchun kuch manbai boʻlgan”,- deya fikrlarini bildirdi prodyuser.
Andrey Borzenko rahbarligida sport bilan shugʻullangan odamlar, shuningdek, sportchining oʻgʻli bilan intervyu lavhalarida Toshkent ham oʻzgacha shaklda namoyon boʻlgan. Oʻzbekiston hukumati ham film ijodkorlariga katta yordam bergan.
“Bizga hatto suratga olish uchun barcha jarayonlarda yordam beramiz deyishdi. Shunday boʻldi ham. Premyerani tashkillashtirib berishdi, odamlarni yigʻishdi. Oʻzbek filmi davlat fondi ham bizga koʻmak berdi. U yerdan bizga Sidney Jakson tasvirlangan noyob kadrlar bilan boʻlishishdi. Bu lavhalardan boshqa hech qayerda foydalanilmagan. Shuningdek, bizga Andrey Andoreyevichning oʻzlari hakam va murabbiy ekanligida olingan kadrlarni taqdim etishdi”- deya soʻzlab berdi Yelena Geladze.
© Foto : Media Park Prodakshn20 iyunya v Tashkente sostoyalas premyera dokumentalnogo filma "Ring za kolyuchey provolokoy" o sovetskom boksyore iz Uzbekistana Andreye Borzenko.
20 iyunya v Tashkente sostoyalas premyera dokumentalnogo filma Ring za kolyuchey provolokoy o sovetskom boksyore iz Uzbekistana Andreye Borzenko. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
20 iyunya v Tashkente sostoyalas premyera dokumentalnogo filma "Ring za kolyuchey provolokoy" o sovetskom boksyore iz Uzbekistana Andreye Borzenko.
Prodyuserning aytishicha, film muvaffaqiyatli chiqqan- buni tomoshabinlarning munosabatidan ham bilsa boʻladi.
“Menga aytishlaricha, Adrey Andreyevichning oʻgʻli hatto yigʻlab yuborgan. Baʼzi tomoshabinlar premyera paytida koʻz yoshlarini tiyib turolmadilar. Film ularni taʼsirlantirdi”, - deydi u.
Aytish joiz, hujjatli filmdan soʻng, Borzenko haqida badiiy kino yaratish rejasi ham yoʻq emas.
“Ammo biroz keyinroq, - deydi Geladze.- Badiiy filmda biz toʻqimalardan foydalanishimiz mumkin. Bunda esa biz real voqealarni tasvirga olishga harakat qildik. Bu film- voqealarning hujjatli xronikasi. Biz hatto Buxenvaldagi arxiv kadrlardan ham foydalanganmiz”.
© SputnikPremyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Premyera filma Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
Premyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Yangiliklar lentasi
0