Maxsus operatsiya: 24 iyunning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti
/ Rossiya, DXR va LXR qoʻshinlarning muvaffaqiyatli hujumi koʻplab Ukraina harbiylarining qarshilikdan voz kechish va qurol topshirishga undamoqda.
TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Donbassda oʻtkazilayotgan maxsus operatsiya boʻyicha 24 iyunning asosiy xabarlarini maʼlum qildi.
Bayonotda aytilishiga koʻra:
soʻnggi 5 kun ichida 11 ta aholi punkti ozod qilindi;
"Markaz" qoʻshinlari guruhi Ukraina qoʻshinlarining puxta tayyorlangan mudofaasini yorib oʻtib, dushmanni magʻlub etdi va Lisichanskni janubdan toʻsdi;
Janubiy kuchlar guruhi qurshovdagi Ukraina guruhini Gorskiy "qozonida” magʻlub etishni yakunladi, Gorskoye va Zolote aholi punktlari ozod qilindi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi;
️Ukraina qoʻshinlari Severodonetskdan yangi, yanada mustahkamlangan pozitsiyalarga chekinadi, ular allaqachon tegishli buyruqni oldilar, dedi Kiyev tomonidan tayinlangan Lugansk viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Sergey Gayday;
️Xersondagi terakt oqibatida viloyat yoshlar va sport boshqarmasi boshligʻi Dmitriy Savluchenko vafot etdi. Huquq-tartibot idoralaridagi manbaga koʻra, portlovchi qurilmaning kuchi 300 gramm trotilni tashkil qilgan. Xerson maʼmuriyati rahbari qotillik Ukraina rasmiylarining buyrugʻi bilan diversantlar tomonidan sodir etilganini aytdi;
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevda yangi provokatsiya yuz berishi mumkinligi haqida eʼlon qildi: Ukraina jangarilari 19-asrda Odessadagi vabodan vafot etganlar qabristoni hududida artilleriya va yoppasiga oʻt ochish reaktiv tizimlarini toʻplashmoqda;
️Makiyevkada (DXR) 21 iyun kuni Ukraina qoʻshinlari tomonidan oʻqqa tutilishi natijasida halok boʻlgan olti yoshli qiz Alina Grebennikova xotirasiga yodgorlik paydo boʻldi.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.