Rossiya

Sankt-Peterburgda "Alvon yelkanlar" bayrami boʻlib oʻtdi - video

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishPrazdnik vыpusknikov "Alыe parusa" v Sankt-Peterburge
Prazdnik vыpusknikov Alыe parusa v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bitiruvchilarga Rossiya prezidentning tilaklari ham yetkazildi va taniqli yakkakurash ustasi Habib Nurmagomedov ularning oldida nutq soʻzladi.
TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. Sankt-Peterburgda "Alvon yelkanlar" nomli maktab bitiruvchilarining anʼanaviy bitiruv kechasi boʻlib oʻtdi.
Shu kuni minglab oʻquvichlar Saroy madonida toʻplanishadi va "Rossiya" nomli yelkanli kemaning mushakbozlik ostida Neva daryosidan Fin koʻrfaziga chiqib ketishini kuzatishadi. Bu tadbir ramziy maʼnoda maktab bitiruvchilari ota-onasi bagʻridan chiqib katta hayotga qadam qoʻyayotganini anglatadi.
Kechada shuningdek maktab bitiruvchilari uchun mashhur artistlar kontserti boʻlib oʻtdi. Unda shou-biznes yulduzlari va taniqli sanʼatkorlar Xanna, Lyusi Chebotina, Vanya Dmitriyenko, Kosta Lakoste, Hatters va Polina Gagarina kuyladi.
Undan tashqari bitiruvchilarga Rossiya prezidentning tilaklari ham yetkazildi va taniqli yakkakurash ustasi Habib Nurmagomedov ham nutq soʻzladi.
Kechaga maxsus mehmonlar - ayni damda harbiy harakatlar sodir boʻlayotgan Donbass hududidan kelgan maktab bitiruvchilari ham taklif qilindi. Ular orasida 40 nafar Mariupollik bitiruvchilar ham bor. Ular yozgi taʼtilni oʻtkazish uchun Sankt-Peterburgga kelishdi.
© SputnikV Sankt-Peterburge proshel vecher vыpusknikov "Alыe parusa"
V Sankt-Peterburge proshel vecher vыpusknikov Alыe parusa  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
V Sankt-Peterburge proshel vecher vыpusknikov "Alыe parusa"
Yangiliklar lentasi
0